INSTITUT FAOLIYATI

Institutning asosiy faoliyati va ustuvor ilmiy yoʼnalishlari
Tuproqshunoslik va agrokimyo yoʼnalishlaridagi eng muhim muammolarni hal etish va ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish boʼyicha ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish, qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan tuproqlarning sifat bahosini aniqlash, tuproqlarning agrokimyoviy, ekologik va meliorativ holatini oʼrganish institutning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Institut faoliyatining asosini – Yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini boshqarishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek iqlim oʼzgarishlari sharoitida sugʼoriladigan, lalmi va yaylov yerlarning degradatsiyasini oldini olishga yoʼnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish boʼyicha tasdiqlangan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarni bajarish, tuproqlarni sifatini baholash, qishloq xoʼjaligiga yaroqli yerlar tuproqlari holatini monitoringini olib borish, tuproqlarning agrokimyoviy holatini oʼrganish, ularning shoʼrlanishi, turli toksikantlar bilan ifloslanishi, degradatsiya va sahrolanish jarayonlarini oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish, tuproqlar unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish, ularning ekologik-meliorativ holatini yaxshilashga doir yangi innovatsion resurstejamkor usullar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etadi.
Institutning asosiy ilmiy yoʼnalishlari
- oʼz faoliyati yoʼnalishlariga mos ravishda respublika tuproq qoplamini tadqiq etish, tuproqlar unumdorligini tiklash, saqlash va oshirishga qaratilgan muhim nazariy, amaliy, innovatsion ilmiy-tadqiqotlarni bajarish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqot natijalarini joriy qilishga taqdim etish;
- tuproqlarning genetik-geografik xossalari va evolyutsiyasi, tuproq qoplami transformatsiyasi, tuproqlarni kompleks baholash va agroishlab chiqarish guruhlariga ajralish usullarini ishlab chiqish;
- qishloq xoʼjaligi yerlari tuproqlarining unumdorligini oshirish, ifloslangan, eroziyaga uchragan, oʼta zichlashgan va degradatsiyaga uchragan tuproqlar meliorativ holatini yaxshilashning yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish;
- tuproq, oʼsimlik, sugʼorish va sizot suvlarini dala va laboratoriya sharoitida anʼanaviy hamda ekspress usullardan foydalangan holda tadqiq etish;
- kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik jarayonlar va tuproqlarning ekologik holati oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik qonuniyatlarini aniqlash va ularni boshqarish yoʼllarini, tuproqlarning ekologik, shoʼrlanganlik kartalarini va kartogrammalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
- tuproqlarning kimyoviy, fizikaviy xossalari va oziqa rejimlarini boshqarishning samarali uslub va texnologiyalarini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish, agrokimyoviy hamda boshqa tematik kartogrammalarni ishlab chiqish;
- «Аniq dehqonchilik» va GIS dasturiy taʼminotlaridan foydalangan holda qishloq xoʼjaligi ekinlarini geofazoviy avtomatlashgan maqbul oziqa muhitini yaratish, tuproqlarni turli oʼgʼit qoldiqlari va toksik elementlar bilan ifloslanishini oldini olish, atrof-muhit ekologiyasiga boʼlgan salbiy bosimni kamaytirish, oziqa elementlar bankini yaratish va monitoringini yuritish, xavfsiz, ekologik toza oziq-ovqat ishlab chiqish;
- elektromagnit (infraqizil, ulьtrabinafsha va rentgen nurlari) toʼlqinlariga asoslangan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida tuproq-oʼsimlik diagnostikasi asosida qishloq xoʼjaligi ekinlarini maqbul oziqlantirish tizimini ishlab chiqish;
- qishloq xoʼjaligi klasterlari, fermer xoʼjaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilarga tuproqlarning holatini diagnostika qilish hamda unumdorligini oshirish boʼyicha institutda tashkil etilgan “Tuproq klinikasi” orqali tijorat xizmatlarini koʼrsatish hamda ilmiy-amaliy tavsiyalar berish;

- sugʼoriladigan va lalmi yerlarning unumdorligi va ball-bonitetini aniqlashning ilmiy asoslangan uslublarini ishlab chiqish va tuproq-baholash (bonitirovka) ishlarini bajarish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda muhofaza qilishga doir ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish hamda viloyat, tuman, hudud va fermer xoʼjaliklari kesimida tuproq baholash va tuproq kartalarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;
- qishloq xoʼjaligiga yaroqli yerlar tuproqlari holatini kuzatish, oʼzgarishlarni oʼz vaqtida aniqlash, salbiy (shoʼrlanish, degradatsiya, ifloslanish, eroziya) jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tuproq monitoringini amalga oshirish;
- tuproqlar unumdorligini boshqarish, degradatsiya, sahrolanish jarayonlarini tahlil qilishda masofadan obʼektlarni zondlash (MOZ) va uchuvchisiz uchar qurilmalar (UUQ)dan foydalanish;
- ilmiy-texnik, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish loyihalarini ekspertiza qilishda qatnashish;
- ilmiy muassasalar xodimlarining kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirib borish, seminarlar va treninglarni oʼtkazish, maʼruzalar, videoroliklar va internet axborot resurslarini tashkil etish, soha mazmunidagi kitoblar, varaqalar, plakatlar, monografiya va toʼplamlar chop etish;
- ilmiy yoʼnalishda fan doktorlari va falsafa doktorlarini tayyorlash, mos yoʼnalishlardagi yetakchi xorijiy ilmiy muassasalar, oliy oʼquv yurtlari, markazlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, belgilangan tartibda xorijiy grantlarni jalb etish, mutaxassislar, toʼplangan tajribalar va axborotlar almashuvini taʼminlash;

2020-yilda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida jami 113 nafar xodim, shundan 56 nafar ilmiy xodimlar faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Ilmiy darajaga ega xodimlar soni 35 nafarni, shundan, 9 nafari fan doktori, 26 nafari fan nomzodlari va falsafa doktorlari tashkil etadi. Ilmiy salohiyat 62,5% ni tashkil etgan.
2020 yil mobaynida Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan va moliyalashtirilgan 3 ta fundamental, 9 ta amaliy loyihalar boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ilmiy tadqiqotlar bajarilgan. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining

2020-2022 YILLAR MOBAYNIDAGI FAOLIYATI BOʼYICHA QISQACHA

MА’LUMOT

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida jami 143 nafar xodim, shundan, 86 nafar ilmiy xodim, shundan, 1 nafar akademik, 13 nafar fan doktorlari, 30 fan nomzodlari va falsafa fanlari doktorlari hamda 42 nafar ilmiy darajaga ega boʼlmagan ilmiy xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ilmiy xodimlar tarkibida 45 yoshgacha boʼlgan yosh olimlar soni 61 nafarni tashkil etadi. Institut ilmiy salohiyati – 51% ni tashkil etadi. Xodimlarning oʼrtacha yoshi – 45 yosh.

Institut doktorantura va tayanch doktoranturasida 23 nafar (3 nafar doktorant va 20 nafar tayanch doktorant)lar tahsil olmoqda.

Tuproq unumdorligini oshirish sohasida 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 9597,7 mln soʼm boʼlgan 12 ta (9 ta amaliy, 1 ta yosh olimlar amaliy, 1 ta tajriba konstruktorlik, 1 ta innovatsion) loyihalar moliyalashtirilgan.

Institut Tahlil markazi ilmiy laboratoriyasi ISO 17025 standarti boʼyicha «Oʼzstandart» agentligidan akkreditatsiyadan oʼtkazildi.

Prezidentimiz tomonidan 2022 yil 10 iyunda «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 5 bandida Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti deb qayta nomlangan holda Qishloq xoʼjaligi vazirligi tasarrufiga oʼtkazildi.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований