Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
photo 2024 02 19 12 45 03 photo 2024 02 19 12 45 03 photo 2024 02 19 12 45 03 photo 2024 02 19 12 45 03 photo 2024 02 19 12 45 03

Vazirlik Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining 2023-yil 18-dekabrdagi 01/08-81-son yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha institutining 12 yanvarda tasdiqlangan Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishi bayoni hamda 22.01.2024 yildagi 05-04-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar tasdiqlangan reja-jadval asosida xodimlarni teatr va muzeylarga tashrifi tizimli tashkil etilmoqda.

Institutning Tuproqlar biogeokimyosi, kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini maqbullashtirish bo‘limining bir guruh xodimlari 17 fevral kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrifi uyushtirildi.

Xodimlar teatr repertuarida – “Qaynona” spektaklini zavq bilan tomosha qilishdi.

-"Qaynona" filmi tanish bo‘lsa-da, uning sahnaviy varianti qiziqarli ekan. Voqealarining barchasida oila, milliy qadriyatlar, kattalarga hurmat degan tushunchalar ustuvor ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim, - deydi katta ilmiy xodim, b.f.f.d. (PhD) Otabek Karabekov.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

photo 2024 02 09 18 23 56 photo 2024 02 09 18 23 08r1r01

 

 

 

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “JADID MAʼRIFATPARVARLARI QALBIMIZDA” shiori ostida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov tadbirni ochib berish uchun o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Tuproq unumdorligini oshirish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish” boshqarmasi bosh mutaxassisi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Umid Niyazmetov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyotshunoslik kafedrasining yetuk olim va olimalari ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyotshunoslik kafedrasi filologiya fanlari doktorlari Jaloliddin Jo‘raev, Jasurbek Maxmudov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shaxlo Xojieva, katta o‘qituvchi Sabogul Suyuunova va qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Umid Niyazmetovlar dastlab o‘tgan asr boshlarida  ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqan xalqimizni ozodlik va ilm-ma’rifati uchun kurashga chorlagan jadid bobolarimiz, sana munosabati bilan Alisher Navoiyning hayoti va ijodi hamda o‘zidan qoldirgan boy adabiy  merosi haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda hozirgi kunda Navoiyshunoslik bo‘yicha olib borilayotgan yangi ilmiy ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tishdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki to‘laqonli ta’minlanmoqda. Ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar, gender tenglik va teng huquqlilikni ta’minlashdagi ijtimoiy masalalar ham adolatli hal etilmoqda.

Tadbir nihoyasida professor Nodirjon Abduraxmonov 11 fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni munosabati bilan tadbirda ishtirok etayotgan barcha olima ayollarni samimiy qutladi.

 

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

ата

“Тупроқни муҳофаза қилиш ва унинг унумдорлигини ошириш тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–903-сон, 02.02.2024 й.) Президент томонидан имзоланди.

✅ Қонун билан тупроқни муҳофаза қилиш ва унинг унумдорлигини ошириш соҳасидаги асосий принциплар, соҳасни давлат томонидан тартибга солиш, тупроқ унумдорлигини ошириш асослари ва тартиби белгиланди.

⚡️2023 йил 24 ноябрь куни Олий Мажлис Сенатининг қирқ еттинчи ялпи мажлисида “Тупроқни муҳофаза қилиш ва унинг унумдорлигини ошириш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси кенг муҳокама қилинди ва сенаторлар томонидан тўлиқ маъқулланган эди.

 

Рейтинг: 2 / 5

Звезда активнаЗвезда активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

Tadbirda Institutning barcha bo‘lim rahbar va ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

vc1vc2

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Jadid ma’rifatchilari tomonidan ilgari surilgan “Tilda, fikrda va ishda birlik” g‘oyasi ma’rifatparvar bobolarimizning Vatan taraqqiyoti, millat ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada keng tadqiq etish, jadidchilikning holati va istiqbollarini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga kasb etadi.

vc3vc4

Yig‘ilishda “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya hamda jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida Tuproqshunos va agrokimyogar olim va tadqiqotchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek jadidlarning merosi, ularning tadqiqotlari, jadidchilik harakatini tadqiq etilgan yangi natijalar yuzasidan fikr almashildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHI QOSHIDAGI ILMIY SEMINARNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

zx2zx1zx3

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.

zx4zx5

Kun tartibiga ko‘ra, Xalilova Firuza Shavxidinovnaning “Ang‘izga ekilgan moshni o‘g‘itlashning tuproq unumdorligi va ekin hosildorligiga ta’siri” mavzusidagi 06.01.04- “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasiga bag‘ishlandi.

Talabgor Ilmiy kengash a’zolariga olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash va kengash a’zolari tomonidan talabgor Firuza Xalilovaga taklif, tavsiyalar berildi.
Ilmiy kengash majlisi ishi onlayn va offlayn shaklida bo‘lib o‘tdi.
© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований