Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

E'TIROF

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Ilm-fan va ilmiy faoliyat bo‘yicha maslahatchisi Qishloq xo'jaligi fanlari doktori Ruzmetov Maksud Ismoilovichga

photo 2024 01 12 11 58 29

"Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi" va "Tuproqshunoslik" ixtisosliklari bo'yicha

O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan Professor ilmiy unvoni berildi.

photo 2024 01 12 11 58 40

Professor ilmiy unvonini olishga sazovor bo‘lgan Ruzmetov Maksud Ismoilovichni

Institut jamoasi nomidan
uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

photo_2024-01-12_10-08-12.jpg

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi.

Bu galgi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi.

Ushbu vatanparvarlik soati tadbirida institutning professor va katta ilmiy xodimlari hamda doktorantlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan tayyorlangan qisqa metrajli video lavha hamda «Vatanimga tayanchman» mavzusidagi tezislardan foydalanildi.

BATAFSIL

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
d082de88199bfbef99765 photo 2023 12 27 16 47 47 ea94afb75e98cecdb42aa photo 2023 12 27 16 52 58 50150420d9679fc957e87

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashda dissertasiya ishlarining himoyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga ko‘ra 2 nafar ilmiy xodimning jumladan: 

Mamajanova O‘ktamxon Xasanbaevnaning «So‘x daryosi yoyilmasi sug‘oriladigan tuproqlarining genetik-meliorativ xususiyatlari va unumdorligi» mavzusidagi 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);

Sadullaev Almat Mambetullaevichning «O‘tmishdosh don-dukkakli va moyli ekinlardan so‘ng g‘o‘zada mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish» (Xo‘jayli tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari misolida) mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun taqdim etgan dissertasiya ishlarining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Sh.M.Bobomurodov olib bordi. 

Talabgorlar Ilmiy kengash a’zolariga olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan tanishtirdi. Kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash va kengash a’zolari tomonidan talabgorlarga taklif va tavsiyalar berildi.Ushbu majlisda Ilmiy kengash tomonidan dissertantlarning ilmiy daraja olish uchun Mamajanova O‘ktamxon Xasanbaevnaga 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda Sadullaev Almat Mambetullaevichga 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajalarini berishga qaror qabul qilindi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

k1 k2 k3 k4

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari bugun TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI ga jamoaviy va oilaviy tashrif buyurishdi.

✔️Institut xodimlari muzeyda Amir Temur va uning nevaralarining dunyo rivojiga qo‘shgan hissasini tasvirlovchi turli hujjatlar, qo‘lyozmalar, o‘sha davrda yaratilgan ilmiy va diniy markazlarning maketlari, an’anaviy kiyimlar, ixtiro qilingan o‘lchov asboblari, zirh va qalqonlar, sopol idishlardan iborat nihoyatda katta kolleksiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

 

 

 

 

 

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov va soha olimlari Polshaning “ARTAGRO” kompaniyasi vakillari Marek Siborovski (Marek Ciborowski), Roman Babak va boshqa soha xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida Polshaning “ARTAGRO” kompaniyasi vakillari tuproqning holati va uning tuzilishini yaxshilash, yerlardan samarali foydalanish uchun mo‘ljallangan, ko‘plab davlatlar tuproqlarida sinovdan o‘tkazilgan “BASIC” gidrogelini kelgusida O‘zbekiston yerlarida qo‘llab ko‘rish taklifini ilgari surishdi.

Ma’lumot uchun: Mazkur gidrogelning foydali xususiyatiga ko‘ra: Tuproq profilida tuproq namligining sezilarli o‘sishiga erishish, urug‘larning bir tekis unib chiqishiga yordam berishi, yashil massa va u qo‘llaniladigan sirtdagi ildiz massasida taxminan 40% yaxshilanishga erishish mumkin. Shuningdek, sug‘orish paytida suv sarfini 20% dan 50% gacha kamaytirish imkonini berishi va eng asosiysi ushbu gidrogel atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lib, tuproqda mikroorganizmlar uchun neytral, odamlar, hayvonlar va o‘simliklar uchun toksik bo‘lmagan kamida 5 yil tuproqda o‘z faoliyatini saqlaydi va taxminan 10 yil o‘tgach, u butunlay biologik parchalanar ekan.

Suhbat davomida institut direktori Shuhrat Bobomurodov, «Tuproqlar biogeokimyosi, kimyoviy va fizik-kimyoviy holatini maqbullashtirish» bo‘limining professori Maruf Toshqo‘ziev tuproqlar unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish uchun ushbu gidrogelni avvalo tuproqlarda sinab ko‘rish uchun o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv har ikki tomon “BASIC” gidrogelini kelgusida O‘zbekiston tuproqlarida ijobiy natijalarga erishiladigan bo‘lsa hamkorlik qilish uchun kelishuvga erishildi.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований