phone1 Flag of Uzbekistan Circle 512 england circle 512Russian 2 512Russian 2 512

9:00 - 18:00
(71) 246-09-50
Toshkent shahri, Olmazor tumani Qamarniso ko`chasi 3-uy

INSTITUTNING АSOSIY VАZIFАSI

Respublika tuproq qoplamini majmuaviy tadqiq etish, tuproq kartalari va kartogrammalarini tuzish, mavjud muammolarni aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilishning ilmiy asoslarini yaratish, tuproq jarayonlarini boshqarish orqali ular unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish usullari, chora-tadbirlari va yoʼllarini ishlab chiqish.

INSTITUTNING АSOSIY VАZIFАLАRI

Respublika tuproqlari genezisi, geografiyasi va evolyutsiyasini, tuproq qoplamining transformatsiyasini majmuaviy tadqiq etish, tuproqlar klassifikatsiyasi, nomenklaturasi va sistematikasini takomillashtirish, tuproq kartalari va kartogrammalarini tuzish

Tuproqlarni kompleks baholash va agroishlab chiqarish guruhlariga ajratish usullarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish, GАT texnologiyalari asosida raqamli elektron tuproq kartalarini tuzish asoslarini ishlab chiqish va maʼlumotlar bazasini tuzish

Tuproqlar degradatsiyasi jarayonlarini va agroekologik holatini aniqlash va baholash: shoʼrlanish, suv va shamol eroziyaga uchrash, ifloslanish, degumifikatsiya, suv-fizik xossalari yomonlashishi hamda oziqa elementlarining kamayishi jarayonlari

Tuproqlar meliorativ-ekologik holatini yaxshilash, unumdorligini tiklash, saqlash va oshirish hamda qishloq xoʼjalik ekinlaridan moʼl va barqaror hosil olish maqsadida tuproqlarning suv, havo, tuz hamda oziqa rejimlarini boshqarishning texnologik asoslari va usullarini ishlab chiqish.

logo_uz.png
Tuproqshunoslik va agrokimyo
ilmiy tadqiqot instituti
Toshkent shahri, Olmazor tumani
Qamarniso ko'chasi 3-uy
© 2020 Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti