phone1 Flag of Uzbekistan Circle 512 england circle 512Russian 2 512Russian 2 512

9:00 - 18:00
(71) 246-09-50
Toshkent shahri, Olmazor tumani Qamarniso ko`chasi 3-uy

INSTITUTNING MODDIY-TEXNIK BАZАSI

Institut laboratoriyalaridagi mavjud zamonaviy asbob-uskunalar, xususan, atom-absorbtsiya spektrometrlari tuproq, oʼsimlik va suvlar tarkibidagi mikroelementlar va ogʼir metallar miqdorini aniqlab, tuproqlarning ogʼir metallar bilan ifloslanganligini hamda mikroelementlar bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Gaz xromatograflari tuproq va boshqa tabiiy obʼektlar tarkibidagi pestitsidlarning qoldiq miqdorlarini aniqlaydi. Аlangali fotometrlar tuproq, oʼsimlik va suvlarda kaliy va natriy miqdorlarini aniqlab, tuproqlarning singdirish sigʼimini, suvda eruvchan tuzlar tarkibini va oʼsimliklar organlarida kaliy kalьtsiy va natriy miqdorini, rentgen flyuorestsent analizatori tuproq va oʼsimlik tarkibidagi 16 elementning umumiy miqdorini aniqlaydi. Mass-spektrometr nishonlangan atomlar uslubini qoʼllab berilgan azotli oʼgʼitlar azotining “tuproq-oʼgʼit-oʼsimlik-suv” tizimida harakatlanishini aniqlash imkoniyatlarini beradi va shu asosda azotli oʼgʼitlardan samarali foydalanish yoʼllarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari LASA AGRO mobil laboratoriyasi bevosita dala sharoitida kimyoviy tahlillar oʼtkazib, fermer xoʼjaliklari uchun tezkor tavsiyalar berish imkoniyatiga ega.

logo_uz.png
Tuproqshunoslik va agrokimyo
ilmiy tadqiqot instituti
Toshkent shahri, Olmazor tumani
Qamarniso ko'chasi 3-uy
© 2020 Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti