"ZION HOLDING Ltd" kompaniyasi bilan o‘zaro xamkorlik memorandumi

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

Tolib aka yangilik uchun

       2020 yilda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot institut bilan Rossiya Federatsiyasining "ZION HOLDING Ltd" kompaniyasi bilan o‘zaro xamkorlik memorandumi doirasidagi respublika degradatsiyaga uchragan yerlarini unumdorligini oshirish uchun dala-tajribaviy tadqiqotlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda 14-21 may kunlari Buxoro viloyati "Buxoro agro cluster" MCHJ xududida kompaniya mutaxassislari D.M. Stulov, D.A. Yefremovlar hamda Institut bo‘lim boshlig‘i T.T. Berdiyev bilan birgalikda yangi o‘zlashtirilgan cho‘l -qumli tuproqlari sharoitida innovatsion "SION" substraktini sabzavot, don-dukkakli ekinlarda turli me’yorlarda qo‘llash bo‘yicha tajriba qo‘yildi.

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti