Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

илмилм2илм3илм4

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Institut olimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yildagi PQ-216-son “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent davlat agrar universiteti “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi  1- bosqich magistratura talabalari uchun TUPROQ BONITIROVKASINING ILMIY ASOSLARI fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Ushbu tadqiqot maskanida Universitet talabalari uchun o‘z ixtisosliklari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, bugungi kundagi sohadagi eng so‘nggi yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatlar  yaratilgan.

Bugungi “Lalmikor tuproqlarni baholash shkalasi. Lalmikor tuproqlarni bonitirovkalashda pasaytiruvchi omillarning roli” mavzusi tegishli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich tomonidan olib borildi.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

ээээ

✍️Hurmatli Tuproqshunos va agrokimyogar soha olimlari va mutaxasslari!

⚡️Xabaringiz bor 5-dekabr “Butunjahon tuproq kuni”. Shu sana munosabati bilan «Tuproqshunoslik va agrokimyo» ilmiy jurnali jamoasi 4 – maxsus soni uchun ilmiy maqolalar qabul qilinmoqda.

♻️Yig‘ilgan maqolalar jurnal tahrir hay’ati tomonidan o‘rganilib, nashrga tavsiya qilingan maqolalar jurnal sahifalarida chop etiladi. ✔️

❗️Maqolalaringizni oxirgi muddat 24 noyabrgacha topshirishingiz mumkin.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

TATI Markaziy apparati Kengaynirilgan yigilish

Mintaqaviy bo‘linmalar

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida Institutning barcha bo‘lim rahbar va xodimlari, shuningdek mintaqaviy bo‘linma rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning 28 oktabr kuni ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish bayonnomasida keltirilgan topshiriq va vazifalari bo‘yicha tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda asosiy e’tibor, Institutda va uning mintaqaviy bo‘linmalarida olib borilayotgan vazifalar ustvorligi, shuningdek, sohaga oid qabul qilingan Qonunlar, Prezident Farmon, Qaror hamda vazirlik topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

BATAFSIL

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

✔️O'zbphoto 2023 10 26 22 40 44ekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlari uchun "Istiqbol umidlari" tanlovi doirasida qishloq xo'jaligi sohasidagi oliy ta'lim muassasalari o'rtasida respublika tanlovi o'tkazildi.

♻️Bugun Toshkent davlat agrar universitetida ushbu tanlovning navbatdagi boqichida TATIning TUPROQSHUNOS guruhi Institutimiz shanini munosib himoya qilib, 3- o‘ringa ega bo‘lishdi.
7 nafar ilmiy xodimlarimiz tanlovda 3 ta shart bo'yicha 5 ta jamoa bilan o'zaro bellashishadi.
❗️ Mazkur tanlovda:
⚡️jamoa sardori
Normatov Yodgor Mamanazarovich
⚡️jamoa a'zolari
Mamatkulov Asliddin Rustambek oʻgʻli
Avezova Nargiza Azat qizi
Berdimuratov Zahiriddin Komiljon o’g’li
Mallayeva Dilafruz Abdixoliq qizi
Gulimov Kuvondiq Xamzayevich
Xolmatov Otabek Ismatovichlar faol ishtirok etishdi.
Ular tanlovning maxsus diplomi bilan taqdirlandilar.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

6ca69ba6714da0c927ae6

Xalqning o‘zligini namoyon etuvchi qadriyatlaridan biri uning milliy tilidir. Til millatning yashashi va ravnaq topishining kafolati, kerak bo‘lsa asosiy sharti hisoblanadi.

Zotan, bugungi har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash maqsadida, avvalo, o‘z ona tilini asrab - avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiy. 

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “Ona tilim – g‘ururim, faxrim” shiori ostida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbir ham ayni shu masalalarga bag‘ishlandi. 

Batafsil

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti