Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Куни кеча Бош прокуратурада Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва ўрмон хўжалиги соҳасидаги қонунчилик ижроси устидан назорат тармоқлари ходимлари учун “Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва ўрмон хўжалиги соҳасига оид қонунчилик ижроси устидан назорат” мавзусида масофавий ўқув курси ташкил этилди.

df.jpgdfg

Ўқув курси дастури доирасида экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва бошқа соҳаларда етук тажрибага эга олим ва мутахассислар, шу жумладан халқаро экспертлар маърузачи сифатида иштирок этишди.

Мазкур йиғилишда Тупроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти Агрокимё бўлими бошлиғи катта илмий ходими Жаҳонгир Кузиев “Тупроқлар деградацияси: унга қарши курашиш ва олдини олиш” мавзусида маъруза қилди.

 Ж.Кузиев  бугунги кунда мамлакатимиз тупроқларида содир бўлаётган деградация жараёнлари ва унга қарши курашиш, тупроқлар унумдорлигини тиклаш ва ошириш, уни муҳофазалаш ҳамда ерлардан оқилона фойдаланиш хусусида сўз юритиб, Институт олимлари томонидан олиб борилаётган ишлар хусусида ҳам алоҳида тўхталиб ўтди.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va mutaxassislari Jizzax viloyati bo‘yicha sug‘oriladigan tuproqlarining sifat ko‘rsatkichlari, tuproq sho‘rlanish holatiini aniqlash maqsadida dala, laboratoriya-analitik va kameral ishlar amalga oshirilmoqda.

й3йй2.jpgTadqiqot ishlari uslubiyoti asosini o‘rganilgan hududlarni tuproq kartalari ma’lumotlarini tahlil qilish, qiyosiy geografik, tuproq-kartografik, laboratoriya, kameral-analitik, tuproq sifatini baholash ishlari umumqabul qilingan uslubiyotlar yo‘riqnomalar asosida bajarilmoqda.

Tadqiqot ishlarida kartografik materiallardan (xarita-asoslar, xo‘jaliklar yer tuzilishi planlari, tuproq xaritasi, topografik kartalar) foydalanilmoqda.

Ayni payda tadqiqot ishlari viloyatning Zarbdor tuman hududida davom etmoqda.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

photo 2023 08 18 18 01 37Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan global iqlim o‘zgarishlari, ular natijasida yuzaga kelayotgan degradatsiya, sho‘rlanish, atrof-muhitni ifloslanishi kabi salbiy jarayonlar birinchi navbatda qishloq xo‘jaligimizga, shu bilan birga, tuproqlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida Yaponiya bilan ham o‘zaro hamkorlik sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali yerdan foydalanuvchilar, klaster va dehqon fermer xo‘jaliklari faoliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar tuzilmoqda. O‘z o‘rnida ushbu hamkorlik asosini mustahkamlash borasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham imzolanyapti.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan “Japan Conservation Engineers & Co. LTD”. kompaniyasi menedjeri Yoshida Kazuyo (Yoshida Kazuyo), Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Akiyama Nanako va boshqa soha xodimlari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.    

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

IMG 20230815 2151047 364

Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan global iqlim o‘zgarishlari, ular natijasida yuzaga kelayotgan degradatsiya, sho‘rlanish, atrof-muhitni ifloslanishi kabi salbiy jarayonlar birinchi navbatda qishloq xo‘jaligimizga, shu bilan birga, tuproqlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan “Japan Conservation Engineers & Co. LTD”. kompaniyasi menedjeri Yoshida Kazuyo (Yoshida Kazuyo), Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Akiyama Nanako va boshqa soha xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.    

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yildan buyon Yaponiyaning Conservation Engineers & Co. LTDkompaniyasi rahbariyati hamda tuproqshunos olimlari,  mamlakatimiz Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari bilan “Fujimin”  pereparatini O‘zbekiston yerlarida qo‘llash imkoniyatlari borasida ikki tomonlama tashriflar, taklif va tavsiyalar keng miqiyosda muhokamalar olib borildi.

BATAFSIL

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

20230808 112844

Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘plab xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalar bilan hamkorlik shartnomasi hamda memorandumlar imzolashga erishilib, agrar sohaning barcha yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlari va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (University of digital economics and agrotechnologies) da Germaniyalik talaba yoshlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va yuqori malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

BATAFSIL

© 2024 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti