Ilmiy jurnal Milliy ilmiy nashr
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
“Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnalining 2023 yilning № 2-soni nashr etildi.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnal sahifalarida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar qishloq xo‘jaligida tuproqshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlar, magistrantlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va olimlarning ilmiy maqolalari, sohaga oid yangiliklar va hodisalar yoritib boriladi.
Jurnal o‘quvchilari uchun nashrning har bir sonini elektron formati Institutning soil.uz saytining “Ilmiy jurnal platformasining “Taxririyat” qismi va Institutning telegram kanallariga mumtazam ravishda joylashtirilib boriladi.
Ayni paytda jurnal taxririyati jamoasi tomonidan jurnalning 3-soni uchun maqolalar jamlanmoqda. Siz o‘z ilmiy tadqiqot ishlaringiz yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalaringizni uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida taxririyatga taqdim etishingiz mumkin.
Taqdim etilgan sohaga oid ilmiy maqolalar jurnalning tahrir hayati tomonidan o‘qib o‘rganiladi va chop etish uchun tavsiya qilingan maqolalar jurnal sahifalarida o‘z vaqtida yoritilishini eslatib o‘tamiz!
TAXRIRIYAT
Jizzax viloyatida dala tadqiqotlari
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti bo‘lim mudiri Jamolbek Turdaliyev boshchiligida bir guruh ilmiy xodimlar Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida dala-tadqiqot ishlarini amalga oshirishmoqda.
Tadqiqotchilar viloyatdagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining tuproq sifatini baholash, sho‘rlangan yerlarni monitoring qilish, unumdorligini saqlash, qayta tiklash, oshirish, tuproqda sodir bo‘layotgan jarayonlarni tadqiqotlar yordamida o‘rganib, olingan maʼlumotlarni tahlil qilish va sho‘rlanishga oid maʼlumotlarni tezkor qayta ishlash hamda boshqarish kabi dolzarb vazifalarni bajarishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
USTOZLAR - DOIMO ARDOQDA...
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
HAMKORLIK ODIMLARI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasida turli sohalarda bo‘lgani kabi, qishloq xo‘jaligi tizimida ham hamkorlik izchil, jadal va samarali rivojlanib bormoqda.
Joriy yilning may oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov va institut mas’ul xodimlari bilan Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan “Japan Conservation Engineers&Co.”, LTD. firmasi vakillari - yordamchi menedjeri Yoshida Kazuyo (Yoshida Kazuyo), Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Ueno Naoya (Ueno Naoya), mahalliy konsultant G‘ayrat Jumaev bilan sohaviy hamkorlik yuzasidan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash, tajriba almashish va kelajakda birgalikda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu hamkorlik samarasi o‘laroq joriy yilning 11 iyunidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari departamenti mudiri Oybek Soatov, vazirlik mas’ul xodimlari va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodovlar Yaponiya davlatida xizmat safarida bo‘lib to‘ribdi.
TUPROQ KARTOGRAMMALARI AMALYOTGA TADBIQ ETILMOQDA
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Bugun institutning Tuproq monitoringi, ekologiyasi, unumdorligini baholash va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash bo‘limi mudiri O‘.T.Sobitov boshchiligidagi bir gurux olimlar tomonidan, Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanining Markaziy Farg‘ona hududidagi F.Shamsiddinov nomli massiv hududida dala amaliy seminari tashkil etildi.
Dala-amaliy seminaridan asosiy maqsad, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Geoaxborot (GIS) texnologiyalari asosida gipsli sug‘oriladigan tuproqlarning 3D kartalari va gipslashganlik kartogrammalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida tayyorlangan kartogrammalarni amaliyotga joriy etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Uchko‘prik tumani hokimlik vakili, agroklaster rahbari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.