IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI

Joriy yilning 11 fevral sanasida Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Mazkur majlis kun tartibidagi 2-masala bo‘yicha:

XOLMATOV OTABEK ISMATOVICHning «Fosforli o‘g‘itlar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan OTABEK XOLMATOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI 
Joriy yilning 11 fevral sanasida Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengashga raislik qiluvchi biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bordi.

Majlis BAXODIROV ZAFAR ABDUVALYEVICHning “Tuproqshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy asoslari” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

🔴Ilmiy kengash majlisida talabgor hozirgi kunda juda dolzarb bo‘lgan sun’iy intellekt texnologiyalarini tuproqshunoslik va agrokimyo sohasida qo‘llash bo‘yicha olib borgan ilmiy va amaliy ishlari, tadqiqot natijalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

🔴Kengash a’zolari tomonidan tuproqshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, turli mavzuli xaritalar tuzish, kosmik suratlarni tahlil qilish, axborot tizimlarini ishlab chiqish kabi amaliy ishlar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan ZAFAR BAXODIROV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja

↗️TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING FAN DOKTORLARI SONI OSHMOQDA
Joriy yilning 11 fevral sanasida institut Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi mazkur yig‘ilishida an’anaga ko‘ra tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.
📌 YuYig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:


SOBITOV O‘LMASBOY TOJAXMEDOVICH ➖ (DSc) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;
DUSALIYEV ALIJON TOSHPO‘LAT oʻgʻli ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;
PULATOV MUXITDIN KAMOLIDDINOVICH ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;
MALLAYEVA DILAFRUZ ABDIXOLIQ QIZI ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajali diplomlari topshirildi.


🔴Institut jamoasi hamda Ilmiy Kengash a’zolari nomidan diplom sohiblariga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!
BUYUK_SIYMOLAR_YODI

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi ma’naviyat soati Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlab “IKKI BUYUK SIYMO: MA’NAVIYATIMIZ SARCHASHMALARI” mavzusida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirga taklif etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi, filologiya fanlari doktori Rustam Jabborov ikki buyuk ijodkor, ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi, butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ezgulik, vatanparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelayotgani haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Rustam Jabborovga ko‘ra, Navoiy turkiy til asosida betakror bog‘ yaratib, dunyo ahlini hayratga solgan bo‘lsa, Bobur shu turkiy nazm gulshanidagi bepoyon bog‘ni chin ma’noda bo‘stonga aylantirgan va hind yurtida ham ijodkorlar rahnamosi ham bo‘lgan. Shu bois ular ijodi hamon qunt bilan o‘rganilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Navoiy va Bobur ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Millatimiz ma'naviy dunyoqarashining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgan ikki buyuk shaxs – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda markaziy institut rahbar va xodimlari, yosh olimlar ishtirok etib, ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi xususida o'zaro fikr almashishdi.
Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Instiut direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda institut markaziy apparati direktori o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, ilmiy xodimlar, doktorantlar va mas’ullar ishtirokida o‘tkazildi.

Majlis kun tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori hamda 2023 yil 3-iyundagi 228-sonli qarori bilan yangi tahrir qilingan “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilangan mezon talablarini bajargan institut xodimlariga lavozim maoshiga har oylik va bir martalik qo‘shimcha haq to‘lanishini muhokamasi va boshqa turli masalalarga bag‘ishlandi.

Yig‘ilish avvalida Sh. Bobomurodov institutning ilmiy salohiyati yuzasidan institut va uning hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan soha xodimlari tomonidan o‘tgan 2025 yil davomida erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng institut Ilmiy kotibi Miraziz Mirsadikov yuqorida keltirilgan qaror va nizomda belgilangan mezon talablarni bajargan barcha xodimlarni amalga oshirgan ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.

Yig‘ilish davomida ijro intizomi va samaradorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bugungi islohotlar jarayonida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi. Ayniqsa, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish muhim vazifa sifatida belgilandi. Shu bilan birga, hujjatlar ijrosining to‘liq va natijali amalga oshirilishini ta’minlash mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

