Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 

 photo 2026 02 12 08 30 28

↗️TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING FAN DOKTORLARI SONI OSHMOQDA

Joriy yilning 11 fevral sanasida institut Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi mazkur yig‘ilishida an’anaga ko‘ra tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.

📌 YuYig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:

photo 2026 02 11 10 25 47photo 2026 02 11 10 25 37

SOBITOV O‘LMASBOY TOJAXMEDOVICH ➖ (DSc) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;

DUSALIYEV ALIJON TOSHPO‘LAT oʻgʻli ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;

PULATOV MUXITDIN KAMOLIDDINOVICH ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;

MALLAYEVA DILAFRUZ ABDIXOLIQ QIZI ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajali diplomlari topshirildi.

photo 2026 02 11 10 25 27photo 2026 02 11 10 25 12

🔴Institut jamoasi hamda Ilmiy Kengash a’zolari nomidan diplom sohiblariga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

BUYUK_SIYMOLAR_YODI

photo 2026 02 06 12 48 42

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi ma’naviyat soati  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlab “IKKI BUYUK SIYMO: MA’NAVIYATIMIZ SARCHASHMALARI” mavzusida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

photo 2026 02 06 12 49 23

Mazkur tadbirga taklif etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi,  filologiya fanlari doktori Rustam Jabborov ikki buyuk ijodkor, ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi, butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ezgulik, vatanparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelayotgani haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

photo 2026 02 06 12 48 58

Rustam Jabborovga ko‘ra, Navoiy turkiy til asosida betakror bog‘ yaratib, dunyo ahlini hayratga solgan bo‘lsa, Bobur shu turkiy nazm gulshanidagi bepoyon bog‘ni chin ma’noda bo‘stonga aylantirgan va hind yurtida ham ijodkorlar rahnamosi ham bo‘lgan. Shu bois ular ijodi hamon qunt bilan o‘rganilmoqda.

photo 2026 02 06 12 49 28

Ta’kidlash joizki, Navoiy va Bobur ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Millatimiz ma'naviy dunyoqarashining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgan ikki buyuk shaxs – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan  ushbu tadbirda markaziy institut rahbar va xodimlari, yosh olimlar ishtirok etib, ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi xususida o'zaro fikr almashishdi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

photo 2026 01 29 17 37 17

Instiut direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda institut markaziy apparati direktori o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, ilmiy xodimlar, doktorantlar va mas’ullar ishtirokida o‘tkazildi.

photo 2026 01 29 17 25 38

Majlis kun tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori hamda 2023 yil 3-iyundagi 228-sonli qarori bilan yangi tahrir qilingan “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilangan mezon talablarini bajargan institut xodimlariga lavozim maoshiga har oylik va bir martalik qo‘shimcha haq to‘lanishini muhokamasi va boshqa turli masalalarga bag‘ishlandi.

photo 2026 01 29 17 25 14

Yig‘ilish avvalida Sh. Bobomurodov institutning ilmiy salohiyati yuzasidan institut va uning hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan soha xodimlari tomonidan o‘tgan 2025 yil davomida erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida so‘z yuritdi.

photo 2026 01 29 17 23 25

Shundan so‘ng institut Ilmiy kotibi Miraziz Mirsadikov yuqorida keltirilgan qaror va nizomda belgilangan mezon talablarni bajargan barcha xodimlarni amalga oshirgan ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.

photo 2026 01 29 17 23 07

Yig‘ilish davomida ijro intizomi va samaradorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bugungi islohotlar jarayonida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi. Ayniqsa, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish muhim vazifa sifatida belgilandi. Shu bilan birga, hujjatlar ijrosining to‘liq va natijali amalga oshirilishini ta’minlash mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

 

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

#Ilm_Ilmiy_daraja_DSc_PhD
#Ilm_Ilmiy_unvon_Katta_ilmiy_xodim

TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING ILMIY SALOHIYATI OSHMOQDA

photo 2026 01 07 10 30 16

Kuni kecha institut Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

photo 2026 01 07 10 28 53photo 2026 01 07 10 29 54

✅Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi an’anaga ko‘ra tantanali diplom topshirish marosimi bilan boshlandi.

photo 2026 01 07 10 28 51photo 2026 01 07 10 28 50

Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.

↗️Yig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:

🔴KO‘ZIYEV JAXONGIR MADAMINOVICH(DSc) «Agrokimyo» iqtisosligi;

🔴MALLAYEVA DILAFRUZ ABDIXOLIQ qizi(PhD) «Agrokimyo» iqtisosligi;

🔴QARSHIBOYEV HUSAN SHAMSIDDIN oʻgʻli(PhD) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;

🔴MAMATKULOV ASLIDDIN RUSTAMBEK o‘g‘lining➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» ixtisosliklari bo‘yichafan doktori (DSc) hamda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajali diplomlari, shuningdek,

🔴TURSUNOV SHODMON TOG’AYEVICH ga “Katta ilmiy xodim” unvoni attestati topshirildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

photo 2026 01 05 15 09 07photo 2026 01 05 10 53 20

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining mustaqil izlanuvchisi Po‘latov Muxitdin Kamoliddinovichning “Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/11.07.2025.B/Qx.01.17 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

➡️Yig‘ilishni Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, professor Jabborov Zafar Abdukarimovich olib bordi.
photo 2026 01 05 10 53 24photo 2026 01 05 10 53 22

Yig‘ilish PO‘LATOV MUXITDIN KAMOLIDDINOVICHning “Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya  ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi. Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

📌Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor MUXITDIN PO‘LATOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.