Paxta maydonlari uchun mikroelementlar kartogrammasini ishlab chiqish
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Paxta maydonlari uchun mikroelementlar kartogrammasini ishlab chiqish
🔴Mikroelementlar kartogrammasi — bu tuproq tarkibidagi mis, rux, bor, marganets kabi elementlarning miqdori va tarqalishini xaritada aks ettiruvchi ilmiy hujjatdir. Ushbu kartogrammalar tuproq namunalarini laboratoriyada tahlil qilish asosida tuziladi.

✅Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston tumanida “Paxta ekiladigan maydonlar tuproqlarining mikroelementlar — Cu, Zn, Mn, B, Co, Mo bilan ta’minlanganlik kartogrammalarini ishlab chiqish” nomli pilot loyiha amalga oshirilmoqda.
🔴Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — paxta maydonlari tuproqlarida muhim mikroelementlar miqdorini aniqlash, ularning yetarli yoki yetishmasligini baholash hamda fermerlar uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mikroelementlar o‘z nima?
Mikroelementlar — tuproq va o‘simlik tarkibida juda kam miqdorda uchraydigan, lekin paxtaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun juda zarur bo‘lgan oziqa elementlaridir.
Masalan:
Mis (Cu) — o‘simlikda modda almashinuvi va kasalliklarga chidamlilikni kuchaytiradi.
Rux (Zn) — paxtaning o‘sishi, gullashi va ko‘sak shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Marganes (Mn) — fotosintez jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Bor (B) — gullash, changlanish va hosil elementlari shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Kobalt (Co) va molibden (Mo) — azot almashinuvi va tuproq unumdorligi bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etadi.
Mikroelementlar yetishmasa, o‘simlik tashqi ko‘rinishda yashil bo‘lib ko‘rinsa ham, uning ichki fiziologik jarayonlari susayadi. Natijada hosil kamayadi, tola sifati pasayadi va o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi to‘liq namoyon bo‘lmaydi.
Kartogrammalar tuzish nima uchun kerak?
Kartogramma orqali har bir dala konturi bo‘yicha tuproqda qaysi mikroelement yetarli, qaysisi kam yoki ortiqcha ekani ko‘rsatiladi. Bu esa fermerlarga o‘g‘itlarni “taxminan” emas, balki tuproq tahliliga asoslangan holda, aniq me’yorda ilmiy asoslarga ko‘ra qo‘llash imkonini beradi.
Bunday yondashuv quyidagi natijalarga xizmat qiladi:
🔴 paxta hosildorligini oshirish;
🔴 mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish;
🔴 tuproq unumdorligini saqlash;
🔴 ortiqcha xarajatlarni kamaytirish;
🔴har bir dala uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash.
🌏Mikroelementlar bo‘yicha tuproq xaritalari va agrokimyoviy kartogrammalar tayyorlash ishlari AQSH, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Braziliya, Avstraliya hamda Yevropa Ittifoqi davlatlarida keng qo‘llaniladi. Bu mamlakatlarda tuproq tahliliga asoslangan aniq dehqonchilik tizimi hosildorlikni oshirish va resurslarni tejashning muhim vositasi sifatida qaraladi.
📍Sirdaryo viloyati Guliston tumanida amalga oshirilayotgan mazkur pilot loyiha ham paxtachilikda ilmiy asoslangan, resurs tejamkor va samarali agrotexnologiyalarni joriy etish yo‘lida muhim amaliy qadam hisoblanadi.
ILMIY HIMOYA
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar

“Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlariga irrigatsion eroziya ta’sirini baholash” mavzusida
Igamberdiyeva Dilfuza Alimovnaning 03.00.13 - “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlariga irrigatsion eroziya ta’sirini baholash” mavzusidagi Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 2-iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100179, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uy. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
Xalqaro forum
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Xalqaro_forum

Bugun Toshkent shahrida “Ta’lim” mavzusidagi III O‘zbekiston forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi vakili Sun Changdong, Xitoy Ta’lim vazirligi huzuridagi Xitoy va xorijiy tillar almashinuvi va hamkorlik markazi hamda Chinese Testing International bosh direktor o‘rinbosari Liu Xiaolong, Xitoy oliy ta’lim muassasalari vakili, Lanzhou universiteti vakili Li Chunlin va boshqa ta’lim muassasasi vakillari qatnashishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Xitoy universitetlarining ta’lim dasturlari, bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlari, grant va stipendiyalar, HSK imtihoni hamda hujjat topshirish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Forumda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim, ekologiya, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini oshirish masalalari alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, forum doirasida Xitoy universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar, ta’lim dasturlari taqdimotlari hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
✔️Mazkur xalqaro forum ilm-fan, ta’lim va innovatsion hamkorlikni rivojlantirishda muhim platforma sifatida e’tirof etilmoqda.
❗️Eslatib o‘tamiz ushbu xalqaro forumda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari ham faol ishtirok etdi.
ILMIY HIMOYA
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
#Ilmiy_himoya

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur majlis kun tartibidan o'rin olgan:
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchisi Normuratov Oybek Ulug‘berdiyevichning “Mineral va organo-mineral o‘g‘itlarni takroriy, oraliq sabzavot ekinlarida qo‘llashning tuproq xossalari hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslash” mavzusidagi 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun takdim etgan dissertatsiya ishi himoyasiga bag‘ishlandi. dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

Talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Oybek Normuratov tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
FAN DOKTORLARI SONI OSHMOQDA
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING FAN DOKTORLARI SONI OSHMOQDA

Institut Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
💬Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi mazkur yig‘ilishida an’anaga ko‘ra tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
➡️Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.
❗️Yig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:

✅ BAXODIROV ZAFAR ABDUVALIEY VICH ➖ DSc«Tuproqshunoslik» ixtisosligi, biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori;
✅ XOLMATOV OTABEK ISMATOVICH ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosligi, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

✅ NORMATOV YODGOR MAMANAZAROVICH ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» ixtisosligi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

✅ JUMAYEV SHAVKAT XASANOVICH ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosligi, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajali diplomlari topshirildi.

⚡️ Institut jamoasi hamda Ilmiy Kengash a’zolari nomidan diplom sohiblariga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!


