Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

KOREYA DAVLATI BILAN TUPROQLARNI BOSHQARISHDA HAMKORLIKDAGI

YANGI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI

5229006109333909916 5229006109333909917 5229006109333909919 5229006109333909918

 Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga Koreya qishloq xo'jaligi birlashmasi korporatsiyasining KRC (Korea Rural Cooperation) Ozbekistondagi vakili Jang Jeongryeol, qishloq xo‘jaligi vazirligiAgrokosmik texnologiyalarni joriy qilish” bo‘limi boshlig‘i, Bobomurod Maqsudov hamda bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda dastavval institut direktori Shuhrat Bobomurodov O‘zbekiston tuproqlari, institutning ilmiy faoliyati va salohiyati, tuproq qonuni, tuproq tiplari, tuproqlar unumdorligini oshirish bo‘yicha bajarilayotgan ilmiy-amaliy ishlar, tuproqlarni raqamlashtirish yo‘nalishi, tuproqlarni masofadan zondlash,  tuproqlar geoaxborot dasturining afzalliklari, ilmiy loyihalari natijalari asosida ekinlarga “Smart o‘g‘itlash”ni aqilli texnalogiyalar yordamida qo‘llashni joriy qilish  shuningdek, institut tomonidan barcha yer egalariga sifatli tezkor tuproq xizmatlar ko‘rsatilishi xususida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

5229006109333909920 5229006109333909921

5229006109333909922

 Suhbat chog‘ida Sh. Bobomurodov ana shu ilmiy-amaliy ishlar natijalaridan har bir yer egasi tuproqlari holati to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlariga ega bo‘lishi uchun yagona “Tuproqlar axborot bazasi” yangi elektron tizimini yaratish bosqichiga yetib kelganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Koreyaning Ozbekistondagi vakili Jang Jeongryeol o‘z navbatida barcha yer egalariga qulaylik bo‘lishi uchun tuproqlar holatini aniq bilishlari uchun hozirgi kunda Koreya davlatida “Tuproqlar axborot bazasi” shakillantirilib yuritilib kelinayotgani haqidagi ma’lumoti  bilan o‘z yurti tuproqlarining hozirgi holati bo‘yicha so‘zini davom ettirdi.

-Umuman olganda Koreya davlatining maydoni kichkina, ekin ekiladigan maydonlar 3 million gektarni tashkil etadi. Hozirda ekin maydonlarini kengaytirish maqsadida dengiz qirg‘oqlarida dengiz qumlari bilan yerlar tayyorlanmaoqda. Bu esa ilmiy jihatdan juda katta mas’uliyatni talab etadi. Ekinlarni sug‘orish masalasiga kelsak, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganligi sabab yomg‘ir suvlaridan foydalanamiz. Yig‘ilgan yomg‘ir suvida sho‘rlanish kuzatilmaydi.

5229006109333909923 5229006109333909924 5229006109333909927

Muzokaralarda Koreya tarafidan sohani yanada rivojlantirish uchun asosiy yo‘nalishlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda O‘zbekistonda hamkorlikda ro‘yobga chiqarish,  tadqiqot ishlarini yuritishda aloqalarini rivojlantirish, tadqiqot hududlarini belgilash, yerdan foydalanuvchilarga tuproq xizmatlari ko‘rsatishni va ma’lumotlar almashinuvini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, sohada  ilg‘or ilmiy yechimlarni hisobga olgan holda o‘z taklif va tavsiyalarini berish, yangi ilmiy va texnologik yutuqlarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar institutning geografik axborot tizimlari (GIS) laboratoriyasi hamdan “Analitik sinov laboratoriyasi” markazi va “Tezkor mobil laboratoriya” jihozlari, va bu yerda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishishdi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5217751873384217866 5217751873384217867 5217751873384217869 5217751873384217872


Joriy yilning 25-aprel sanasida Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi A. Tuychiyev boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida amalga oshirilayotgan innovatsion ilmiy loyihalar va erishilgan natijalar bilan tanishdi.

Institutning tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika bo‘limi ilmiy xodimlari tomonidan yerlar degradatsiyasi jarayonlarini baholash va xaritalash, tuproqlar holatini tahlil qilishning samarador va tezkor axborot tizimlarini yaratish, tadqiq etiladigan hudud to‘g‘risida tez va sifatli maʼlumot olish, masofadan zondlash maʼlumotlariga ishlov berish orqali ko‘p yillik monitoring ishlarini olib borishga doir ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Institutning “Analitik sinov laboratoriyasi” bo‘limi ham ko‘zdan kechirildi. Hozirda analitik sinov laboratoriyalarida tezkor tuproq tahlili xizmatlari yana-da kengayganligi, zamonaviy innovatsion texnologiyalar tatbiq etilishi xizmat sifatini oshishining asosiy omili bo‘layotganligi taʼkidlandi.

Institutda xorijdan keltirilgan laboratoriya jihozlaridan, jumladan, Germaniyadan keltirilgan Agilent 5800 ICP-OES spektrometri texnologiyasidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday yangi zamonaviy uskunalardan keng foydalanish agrokimyoviy tadqiqotlar o‘tkazishda yuqori aniqlik va tezlikka erishish, hosildorlikni oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish muammolarining yechimini topishda muhim ahamiyatga egaligi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, tuproqshunoslik sohasida ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan professor-olimlar, ilmiy xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida sug‘oriladigan yerlar sho‘rlanishining oldini olish, tuproq gumus miqdori va sifatini oshirish, agrokimyoviy kartogramma, geobotanik tadqiqot natijalari asosida agrotexnologiyalar ishlab chiqish, ilm va innovatsiyalarni keng joriy qilishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalarida ayrim kamchiliklar mavjudligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tuproqshunoslik sohasini yanada rivojlantirish, Institutning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy qilishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5210674703583277054 5210674703583277055 5210674703583277056

 

Tuproqshunos olimlar Navoiy viloyati tuproqlarini muhofaza qilish, unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish bo‘yicha Tuproq monitoringi amaliy ishlarini amalga oshirishmoqda

📊Monitoring - kutilmagan oqibatlarni aniqlash uchun erta ogohlantirish tizimini taqdim etadi.

📉Tuproq monitoringi - tuproq sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha olib borayotgan strategiyalarimiz va harakatlarimiz samaradorligini baholashga yordam beradi. Shuningdek bu harakatlar monitoring nuqtalarida amalga oshirilib o‘ylagan natijalarga erishishni ta’minlaydi. Shu tarzda monitoring nomaqbul tendensiyalarni erta aniqlash va zarar yetkazilishini oldini olish choralarini ko‘rish uchun erta ogohlantirish tizimi sifatida ishlaydi. 

Tuproq monitoringi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasida Tuproq monitoringi tuproqdagi o‘zgarishlarni davriy kuzatib borish tizimi haqida alohida bandda keltirilib o‘tilgan.

Gipsli tuproqlar asosan cho‘l zonasining sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlari, och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasi va gidromorf tuproqlarda keng tarqalgan.

🌟
Bugungi kunda institut olimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Tuproq monitoringini amalga oshirish hamda tuproqning unumdor qatlamini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarni tadqiq qilish ishlari jarayonida Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi Mingbuloq massivi yaylov choʻl oʻtloqi tuproqlarida kam uchraydigan gips (soqolsimon) koʻrinishi aniqlandi.
✅❗️
Ma’lumot uchun: 
Xalqaro FAO tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda gipsli tuproqlar 66 560 km2 maydonni egallab, shundan 16616 km2 yoki qariyb 25,0 foizi Makaziy Osiyo davlatlari hududiga to‘g‘ri keladi.

Respublikamizning sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yer maydonlaridagi gipsli tuproqlarning maydoni 383,2 ming gektardan ortiq bo‘lib, bu jami sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining 10,3 foizini tashkil etadi. Shundan turli darajada gipslashgan yerlarning 5,1 foizi kuchsiz, 3,5 foizi o‘rtacha, 1,8 foizi kuchli va juda kuchli gipslashgan tuproqlardir. Gipslashgan yerlar yuqori darajada sho‘rlanganligi, o‘ta zichlashganligi, suv o‘tkazuvchanligining yomonligi bilan tavsiflanib, bunday yerlar o‘simliklarning ildiz tizimlarini maqbul rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Respublikada: Mirzacho‘l, Jizzax, Qarshi, Sherobod, Malik cho‘l va Markaziy Farg‘onada tarqalgan. Muborak tumanida 70 000, Markaziy Farg‘ona (Beshariq, Buvayda, Rishton, Uchko‘prik, Oltiariq) tumanlarida 50 000 va Mirzaobod tumanida 34600 gektar yer maydonlarida tarqalgan.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5208422903769591393 5208422903769591350 5208422903769591351

 

Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlari bilan hamkorlikda «Qonun ijodkorligi va parlament nazorat tadbirlarida ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tahlil markazlarining o‘rni» mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlari rahbar va mutahassislari, xalqaro ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘mita faoliyatiga ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini faol jalb qilish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
 
Tadbir davomida qonun ijodkorligi jarayonlari va parlament nazorat tadbirlarini olib borishda ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tahlil markazlari bilan hamkorlikning ahamiyati haqida so‘z yuritilib, bu borada kelgusida olib boriladigan faoliyatning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi.
 
Bu borada deputatlar ham qishloq xo‘jaligiga oid qonunchilikni takomillashtirishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar.
 
Shuningdek, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va koorperatsiyalari, ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan o‘zlarining ilg‘or g‘oyalari bilan faol ishtirok etishlari kerakligi qayd etildi.

Ma’lumot uchun: Ushbu davra suhbatida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov, institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonovlar ham ishtirok etdi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5204346503064319731 5204346503064319732 5204346503064319734 5204346503064319735

Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman ishi davom etmoqda.

Yerlar insoniyatning taraqqiyotiga, jamiyatning ravnaqiga xizmat qiladi. Yuksak darajada tashkil qilingan ushbu xalqaro ilmiy anjuman yerlarni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish, shoʼrlanish kabi salbiy oqibatlarning oldini olish, bioxilma-xillikni asrab qolishda juda katta xalqaro ahamiyat kasb etadi...

   ☄️Anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, mutaxassislar va sohaga daxldor tashkilotlar vakillarining taqdimotlari bo'lib o'tmoqda.

 

Shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, b.f.d., Shuxrat Mexribonovich BOBOMURODOV   ma'ruza qildi.

Sh. Bobomurodovga ko'ra, yer maydonlarida olib boriladigan degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, choʼllanish va qurgʼoqchilikning oldini olish, bioxilma-xillikni asrab qolish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklashda tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirishda agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni ilmiy asosda olib borishga qaratilgan rejalarini oʼz vaqtida bajarish va boshqa dolzarb masalalar toʼgʼrisida oʼz fikr mulohazalarini bildirdi.