Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

 

TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING FAN DOKTORLARI SONI OSHMOQDA

photo 2026 05 06 10 16 47

Institut Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💬Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi mazkur yig‘ilishida an’anaga ko‘ra tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

➡️Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.

❗️Yig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:

photo 2026 05 06 10 16 30

✅ BAXODIROV ZAFAR ABDUVALIEY VICH ➖ DSc«Tuproqshunoslik» ixtisosligi, biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori;


✅ XOLMATOV OTABEK ISMATOVICH ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosligi, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

photo 2026 05 06 11 12 51

✅ NORMATOV YODGOR MAMANAZAROVICH ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» ixtisosligi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

photo 2026 05 06 10 16 31
✅ JUMAYEV SHAVKAT XASANOVICH ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosligi, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajali diplomlari topshirildi.

photo 2026 05 06 10 16 32

⚡️ Institut jamoasi hamda Ilmiy Kengash a’zolari nomidan diplom sohiblariga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

photo 2026 05 06 10 16 36

 

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

“Mineral va organo-mineral o‘g‘itlarni takroriy, oraliq sabzavot ekinlarida qo‘llashning tuproq xossalari hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslash” mavzusida

Normuratov Oybek Ulug‘berdiyevichning 06.01.04 - “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha “Mineral va organo-mineral o‘g‘itlarni takroriy, oraliq sabzavot ekinlarida qo‘llashning tuproq xossalari hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslash” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100179, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uy. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

 

“G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi.

photo 2026 05 04 18 01 02

9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari oila a’zolari bilan “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Ular muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishib, yurtimiz tarixi va qahramonlari haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

photo 2026 05 04 18 00 59

Bunday tashriflar inson qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlab, ma’naviy olamni boyitishga xizmat qiladi. Muzeydagi har bir eksponat o‘tmishni yodga solib, kelajak uchun mas’uliyat hissini oshiradi.

photo 2026 05 04 18 01 25

Ayniqsa, urush vaqtidagi qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o‘tgan yurtdoshlarimiz hayotini aks ettiruvchi eksponatlar tashrif buyuruvchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Bu eksponatlar orqali front ortidagi mashaqqatli mehnat, sabr-toqat va fidoyilik namunalari yaqqol namoyon bo‘ladi.

photo 2026 05 04 18 01 12

Ikkinchi jahon urushi davriga oid hujjatlar, shaxsiy buyumlar va fotosuratlar orqali o‘sha og‘ir yillarda xalqimiz qanday sinovlardan o‘tganini his etish mumkin. Bu esa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

 

photo 2026 04 23 12 14 17photo 2026 04 23 12 14 14

Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.

photo 2026 04 23 12 15 15photo 2026 04 23 12 14 21

Yig‘ilishda Gulimov Quvondiq Xamzayevichning “Sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarning xossalarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish asoslari (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining muhokamasiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

📌Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor Quvondiq Gulimovga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

IMKONIYATDAN SAMARALI FOYDALANISH – TARAQQIYOT OMILI

 

🔴Tuproqshunoslik institutida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut direktori Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

Unda bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Yig‘ilish avvalida Kun.uz sayti tomonidan tayyorlanishi rejalashtirilayotgan tuproq haqidagi film yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Filmni tayyorlash jarayoni, tuproq ma’lumotlarini yetarliligi, tasvirga olish bosqichlari haqida axborot berildi.

🔴Shuningdek, yig‘ilishda tuproq laboratoriya ishlari natijalari yuzasidan ham alohida masala ko‘tarildi. Binoning ikkinchi qismini qayta rekonstruksiyadan chiqarish ishlariga to‘xtalib o‘tilib, bu boradagi kamchilik va vazifalar belgilab olindi.

🔴Kutubxona va arxiv faoliyati keskin tanqid qilinib, ularni tartibga solish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, tuproq ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda gumus miqdorini oshirishga qaratilgan normativ xujjat va dastur ijrosi ham muhokama qilindi.

🔴Yig‘ilishda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, xususan, quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi. Institutda kitobxonlikni va sportni rivojlantirish, xodimlar va yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida kutubxona burchagi, stadion, stol tennisi hamda voleybol maydonchalarini tayyorlash va yaqin kunlarda foydalanishga topshirish vazifalari ham belgilab berildi.

🔴Yig‘ilish davomida xodimlarning ommaviy axborot vositalarida, xususan milliy ilmiy jurnallar hamda nufuzli xorijiy jurnallarda maqolalar nashr etish faolligi ancha sust ekanligi alohida ta’kidlandi. Bu borada ilmiy salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotgani qayd etilib, tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqaro ilmiy maydonda institut nufuzini oshirish maqsadida maqolalar soni va sifatini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔊Shuningdek, yig‘ilish yakunida institutga tegishli bo‘lgan yer maydonlarini bo‘limlar kesimida samarali foydalanish uchun taqsimlash masalasi ham ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etildi.