Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

Bobomurodov Shuxrat Mexribonovich

Institut direktori

Biologiya fanlari doktori, professor

Biografiya

Bobomurodov Shuxrat Mexribonovich 1974-yilda Buxoro viloyati Qorakol tumanida tugilgan.

1997-yilda Buxoro davlat universiteti “Agrokimyo va tuproqshunoslik” fakultetini imtiyozli tamomlagan va tuproqshunoslik, agrokimyo kvalifikatsiyasini olgan.

1992-1997-yillarda Buxoro davlat universiteti talabasi.

1997-yil Buxoro davlat universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi.

1997-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, 2001-2005-yillarda mazkur institut ilmiy xodimi va katta ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan.

2005-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Analitik nazoratga ixtisoslashgan inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2013-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasiga qarashli «Oziq-ovqat sanoat ta’lim servis» ta’lim muassasasi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

2015-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi «Tuproq bonitirovkasi» shoʻba korxonasi bosh muhandisi;

2016-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2020-yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori.

Vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

•Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti nomidan faoliyat yuritadi va boshqa tashkilotlarda institut manfaatlarini himoya qiladi;

•institut manfaatlarini himoya qilgan holda tegishli tashkilotlar bilan bitimlar tuzadi;

•institut oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, uning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda institutga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

•institut xodimlarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;

•Institut Nizomiga hamda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan berilgan huquq va vakolatlarga muvofiq institut moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha masalalarini hal qiladi;

•institutning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi va boshqa ichki (lokal) normativ hujjatlarni qabul qiladi;

•institutda faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi, shuningdek institutni rivojlantirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarga Qishloq xo‘jaligi vazirligining ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlashga taqdim etadi hamda boshqa rag‘batlantirishlar bilan taqdirlaydi;

• xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi.