Institut

Institut

Institutning asosiy faoliyati va ustuvor ilmiy yoʼnalishlari

Tuproqshunoslik va agrokimyo yoʼnalishlaridagi eng muhim muammolarni hal etish va ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish boʼyicha ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish, qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan tuproqlarning sifat bahosini aniqlash, tuproqlarning agrokimyoviy, ekologik va meliorativ holatini oʼrganish institutning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Institut faoliyatining asosini – Yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini boshqarishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek iqlim oʼzgarishlari sharoitida sugʼoriladigan, lalmi va yaylov yerlarning degradatsiyasini oldini olishga yoʼnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish boʼyicha tasdiqlangan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarni bajarish, tuproqlarni sifatini baholash, qishloq xoʼjaligiga yaroqli yerlar tuproqlari holatini monitoringini olib borish, tuproqlarning agrokimyoviy holatini oʼrganish, ularning shoʼrlanishi, turli toksikantlar bilan ifloslanishi, degradatsiya va sahrolanish jarayonlarini oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish, tuproqlar unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish, ularning ekologik-meliorativ holatini yaxshilashga doir yangi innovatsion resurstejamkor usullar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etadi.

Institutning asosiy ilmiy yoʼnalishlari

2020-yilda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida jami 113 nafar xodim, shundan 56 nafar ilmiy xodimlar faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Ilmiy darajaga ega xodimlar soni 35 nafarni, shundan, 9 nafari fan doktori, 26 nafari fan nomzodlari va falsafa doktorlari tashkil etadi. Ilmiy salohiyat 62,5% ni tashkil etgan.

2020 yil mobaynida Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan va moliyalashtirilgan 3 ta fundamental, 9 ta amaliy loyihalar boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ilmiy tadqiqotlar bajarilgan. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining

2020-2022 YILLAR MOBAYNIDAGI FAOLIYATI BOʼYICHA QISQACHA

MА’LUMOT

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida jami 143 nafar xodim, shundan, 86 nafar ilmiy xodim, shundan, 1 nafar akademik, 13 nafar fan doktorlari, 30 fan nomzodlari va falsafa fanlari doktorlari hamda 42 nafar ilmiy darajaga ega boʼlmagan ilmiy xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ilmiy xodimlar tarkibida 45 yoshgacha boʼlgan yosh olimlar soni 61 nafarni tashkil etadi. Institut ilmiy salohiyati – 51% ni tashkil etadi. Xodimlarning oʼrtacha yoshi – 45 yosh.

Institut doktorantura va tayanch doktoranturasida 23 nafar (3 nafar doktorant va 20 nafar tayanch doktorant)lar tahsil olmoqda.

Tuproq unumdorligini oshirish sohasida 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 9597,7 mln soʼm boʼlgan 12 ta (9 ta amaliy, 1 ta yosh olimlar amaliy, 1 ta tajriba konstruktorlik, 1 ta innovatsion) loyihalar moliyalashtirilgan.

Institut Tahlil markazi ilmiy laboratoriyasi ISO 17025 standarti boʼyicha «Oʼzstandart» agentligidan akkreditatsiyadan oʼtkazildi.

Prezidentimiz tomonidan 2022 yil 10 iyunda «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 5 bandida Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti deb qayta nomlangan holda Qishloq xoʼjaligi vazirligi tasarrufiga oʼtkazildi.