Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Ruzmetov Maksud Ismoilovich
Direktorning ilm-fan va ilmiy faoliyat bo‘yicha maslahatchisi
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor
Biografiya
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor
M.I.Ruzmetov 1997 -yilda Toshkent davlat agrar universiteti “Agrokimyo va tuproqshunoslik” fakultetini imtiyozli tamomlagan va olim agronom- agrokimyogar kvalifikatsiyasini olgan. 1997 – yilda Xorazm viloyati Yangiariq tumani “O‘zbekiston” fermer xo‘jaliklari uyushmasida agrokimyogar sifatida o‘z ish faoliyatini boshlagan. 1997 – yilda Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi “Agrobiznes-Inkubator”da menedjer vazifasida ishlagan. 1997 – 2000 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, 2001 – 2003 – yillarda mazkur institut kichik ilmiy xodimi, 2003 – 2005 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi, 2005 – 2006 – yillarda bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2006 – 2017 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan. 2017 – 2020 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2020 – 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2023 yildan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktorining ilm-fan va ilmiy faoliyat bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
1998 – 2001 – yillari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “Xorazm viloyati sug‘oriladigan tuproqlarining hozirgi holatini o‘rganish, baholash hamda ularni yaxishilashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish” mavzusida ilmiy – tadqiqot ishini bajargan va 2003 – yilda fan nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan davrida rahbarlik qilgan kompleks tarkibidagi “O‘zdaverloyixa” ilmiy loyihalash institutida 2018 – yilda “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” yo‘nalishlarida ilm-fanni tatbiq etgan, dokturantura bo‘limi tashkil qilingan va ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan. Maksud Ismoilovich Ruzmetov rahbarligida respublikamiz ma’muriy xududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish, yaylovlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tizimi joriy etilgan. 2018- 2020 – yillarda “O‘zdaverloyixa” ilmiy loyixalash institutida mustaqil izlanuvchi sifatida “Yaylov yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida ilmiy ishni bajardi va 2021 – yilda “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” va “Tuproqshunoslik” yo‘nalishlarida fan doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Ushbu ilmiy ishda yer tuzish va tuproqshunoslik yo‘nalishlarda respublikamiz yaylovlari tuproqlari va yaylov o‘simliklari batafsil o‘rganib chiqildi. Yaylov yerlari tuproqlarining xossa xususiyatlari sug‘oriladigan yerlar tuproqlari tarkibiga yaqin ekanligi, ayrim unumdorlik ko‘rsatkichlari esa yuqoriligi, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va bog‘- uzumzor barpo etish uchun tuproqlar maqbul xususiyatlarga ega ekanligi ilmiy asosda o‘rganib, yaylov yerlari tabiiy unumdorligi (ball bonitet) ilk bor baholangan. Yaylovlarning o‘simliklar bilan qoplanganlik darajasi, ozuqabop, zararli va zaharli o‘simliklar turlari va hosildorligi o‘rganildi, shartli mol bosh soniga to‘g‘ri keladigan maydondar hisoblab, ilk bor elektron xaritalari yaratilgan. Bugungi kunda ekologik bezarar takomillashgan zamonaviy yig‘ish texnologiyasini qo‘llash orqali, tuproqdagi namlik zahirasini to‘plash, saqlash, yaylovlarda o‘simlik va daraxtlarni suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bu borada xalqaro Birlashgan Millatlar oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “Water-box” texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha M.I.Ruzmetov tomonidan sertifikat olinib, “Yaylovlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun suv yig‘ish moslamasi” texnologiyasi ishlab chiqilgan (IP Consalting center. Foydali model uchun mualliflik guvohnomasi: №002458, 23.09.2020), (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida 15.07.2021 yilda №FAP 0244-raqam va 19.07.2021 yilda №FAP 01664-raqam bilan davlat reestridan o‘tkazilgan “Qurg‘oqchil hududlarda o‘simliklarni yetishtirish qurilmasi” deb nomlangan foydali modelga PATENT olingan) ushbu texnologiya 2018 – 2020 – yillarda Surxondaryo, Buxoro va Jizzax viloyatlarining pilot maydonchalarida amaliyotga joriy etilgan. M.I.Ruzmetov tomonidan tajribalarda qo‘llanilgan “Water-box” qurilmasi sinovdan o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi tog‘, tog‘oldi va cho‘l yaylov yerlarida qishloq xo‘jalik ekinlarini va mevali daraxtlarni yetishtirish mumkin bo‘lgan hududlar uchun 1:750 000 masshtabli xarita yaratildi, bunda atmosfera yog‘inlari miqdori 400 mm va undan ko‘p tushadigan, unumdorlik xossa-xususiyatlariga ega tuproqli qatlamlari mavjud bo‘lgan 2 mln 621 ming ga yaylovlardan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, bog‘-uzumzor va o‘rmon-mevali daraxtlarni barpo etish ilmiy asosda taklifi shlab chiqilgan.
Maksud Ismoilovich Ruzmetov samarali mehnat faoliyati davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi F-82-son farmoyishiga muvofiq, Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida safarbarlik yig‘ini to‘liq o‘taganligi uchun sertifikat, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining 2022 – yil 5 – dekabrdagi 224 – sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi alochisi ko‘krak nishoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 – yil 8 -noyabrdagi Farmoniga binoan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 – yilligi esdalik nishoni bilan, 2022 – yil 30 – avgustdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Faxriy yorlig‘i bilan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining 2023 – yil 6 – dekabrdagi 255 – sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fidoyisi ko‘krak nishoni bilan, mukofotlangan. 2021 – yil 24 oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokini tashkil etishdagi xizmatlari, xorijlik kuzatuvchilarga hamkorlik qilib, ularga har tamonlama ko‘maklashishda qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan tashakkurnoma bilan, 2021 -yil 14 – dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining, 2022 – 2023 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tashakkurnomalari bilan taqdirlangan. Maksud Ismoilovich Ruzmetov ilmiy -ishlab chiqarish faoliyati davomida nafaqat melioratsiya, balki yer tuzish, kadastr va yer monitoringi, geobotanika sohalarining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan olimlardan biri hisoblanadi. U 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shundan hammualliflikda jami 30 dan ziyod uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar hamda darslik chop etilgan, 6 ta patent va mualliflik guvoxnomasi olingan. 2024 – yilda professorlik ilmiy unvonga ega bo‘lgan. Turon fanlar Akademiyasi Prezidiumining 2024 – yil 29 – sentyabrdagi qaroriga asosan Maksud Ismoilovich Ruzmetov Turon fanlar Akademiyasi Akedemigi ilmiy unvoni berilgan.
Vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
Vazifa va funksiyalari.
Institutning Ilmiy-uslubiy kengashiga rahbarlik qiladi, fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya tadqiqotlarni uslubiy jihatdan to‘g‘riligini tashkil etadi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari, ishlanmalar loyihalari hamda tadqiqotlarning mavzulari, maqsadi va vazifalarini shakllantirish va asoslashda qatnashadi, ularning ahamiyati va dolzarbligi, hal etish yo‘llari va usullarini belgilaydi.
Sohaga doir ilmiy-amaliy muammolar bo‘yicha yillik va istiqbolli rejalar loyihalarini tuzishni hamda zaruriy texnik-iqtisodiy asosnomalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Institut faoliyatida mamlakat va xorijiy fan va texnika yutuqlaridan, patent va ilmiy-axborot materiallaridan, zamonaviy jihoz va qurilmalar hamda ishlarni bajarishning ilg‘or usullaridan foydalanishni, bajarilayotgan loyihalarning texnik topshiriq, standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mosligini hamda hamijrochilar, buyurtmachilar bilan texnikaviy hujjatlarning kelishilishini ta’minlaydi.
Tadqiqot natijalarini tekshirish, hamijrochi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga shartnomalar tuzish, boshqa tashkilot va muassasalarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi.
Institut bo‘linmalarini zaruriy ilmiy jihoz va materiallar bilan ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘radi.
Xodimlarning ijodiy tashabbuskorligini rivojlanishiga sharoit yaratadi, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ko‘rib chiqish va joriy etish, ularga belgilangan tartibda talabnomalar topshirish va patent hamda litsenziyalar olish bo‘yicha ishlarga rahbarlik qiladi.
Institutning asosiy ilmiy-texnik faoliyatiga doir masalalarni hal etishda, tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlash, institutga investitsiyalarni jalb etish, ilmiy tadqiqot va ishlanmalarning samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan ishlab chiqarishda keng joriy etish orqali institut ilm-fan faoliyatini rivojlanishini ta’minlaydi.
Yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan yaratilgan raqamli platformalar orqali kelgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
Institutda yaratilgan raqamli platformalarni doimiy faoliyat yuritilishini ta’minlaydi;
Sohadagi mavjud muammolarni joyida, tezkor va aniq hal etishga qaratilgan raqamli platformalar ishlab chiqilishiga rahbarlik qiлади.