Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Abduraxmonov Nodirjon Yulchiyevich
Direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari
Biologiya fanlari doktori, professor
Biografiya
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari – Abduraxmonov Nodirjon Yulchiyevich
N.Yu. Abduraxmonov 1976-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU)ning Biologiya-tuproqshunoslik fakultetini Tuproqshunoslik va agrokimyo mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Biologiya fanlari doktori, professor.
2000-2002-yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot davlat institutida aspiranturada tahsil olgan, 2003-2015-yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot davlat instituti «Tuproq unumdorligini boshqarish va baholash» bo‘limida kichik, katta va yetakchi ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan. Umumiy ish faoliyati 33 yil, ilmiy va pedagogik ish faoliyati 28 yil, jumladan ilmiy ish faoliyati 26 yil, hozirgi lavozimidagi ish faoliyati 12 yil.
N.Yu. Abduraxmonov Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida bajarilgan jami 4 ta amaliy va 1 ta fundamental loyihalarga rahbarlik qilgan, shuningdek bir nechta fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarda ma’sul ijrochi sifatida ilmiy faoliya yuritgan, hozirda 1 ta amaliy loyihaga rahbarldik qilmoqda.
Abduraxmonov Nodirjon Yulchiyevich institutdagi doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilariga zaruriy taklif va tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar berib kelmoqda. Uning rahbarligi va ilmiy maslahatchiligida 2 nafar magistr, 7 nafar falsafa doktori (PhD) va 1 nafar fan doktori (DSc) tayyorlangan, hozirda 5 nafar tadqiqotchilarining doktorlik dissertatsiyasi ishi bo‘yicha ilmiy rahbarlik va ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda.
2017-2019 yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash kotibi, kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritgan, 2020 yildan buyon kengash raisi o‘rinbosari va Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi sifatida mehnat qilmoqda, shuningdek, 2019-yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.V.10.07 raqamli ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.
N.Yu. Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyuldagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 25 YIL” hamda 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
Vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
Quyidagilar direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
•institutning ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatiga doir yo‘nalishlariga rahbarlik qiladi, fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarining bajarilishini tashkil etadi, ularning amalga oshirilishi, mavzu-rejalarining bajarilishi, bajariladigan ishlarning yuqori ilmiy darajasi va sifatini hamda ularning natijalaridan amaliyotda joriy etilishini nazorat qiladi;
•ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalarning mavzulari, maqsadi va vazifalarini shakllantirish va asoslashda qatnashadi, ularning ahamiyati va dolzarbligi, hal etish yo‘llari va usullarini belgilaydi;
•qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda yuritilishiga qaratilgan tuproqshunoslik, agrotuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishlarida ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
•tadqiqot rejalariga muvofiq laboratoriya va dala tajribalarining uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi, ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy hisobotlarni tayyorlashni nazorat qiladi;
•loyihalar bo‘yicha yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarning rasmiylashtirilishni nazorat qiladi, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar va bajarilgan ilmiy ishlar hisobotlarining o‘z vaqtida yuqori tashkilotlarga taqdim etilishini, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalaridan iborat ilmiy ishlar to‘plamining nashrga tayyorlanishi va tahririni tashkil etadi;
•yuqori impakt faktorli jurnallarda bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini e’lon qilish, yangi ilmiy ishlanmalarni patentlash yoki dasturiy guvohnomalar olinishini nazorat qiladi;
•ilmiy xodimlarning faoliyati natijadorligini tahlil qilish va ilmiy salohiyatni oshirish, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilarlarni qabul qilish va ularni sohadagi dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishlarini tashkil etadi;
•ilmiy bo‘limlar va sohadagi yutuqlarini targ‘ib qilishda, ilmiy konferensiyalar, yig‘ilishlar va seminarlar tashkil qilishda qatnashadi, rahbarlik qilayotgan ilmiy yo‘nalishlar doirasida yaratilgan ishlanmalarga taqriz va xulosalar beradi;
•xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, halqaro grantlar tayyorlashda ishtirok etish.
•Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yaratilgan platformalar orqali institut ilmiy xodimlari tomonidan loyiha yoki stajirovka tanlovlariga topshiriladigan hujjatlarni muntazam o‘rganib boradi, kamchiliklarni bartaraf etilishini ta’minlaydi va tanlovlarda ishtirok etishini tasdiqlaydi;
•ilmiy loyihalar bo‘yicha olinayotgan natijalar loyiha rahbarlari tomonidan loyihalar monitoringini elektron tizimga kiritilishini nazorat qiladi;
•cohada GAT texnologiyalar, sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish, mavjud muammolarni joyida, tezkor va aniq hal etishga qaratilgan mobil ilovalar ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni nazorat qiladi.