Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

Bekchanov Qudrat Komiljonovich

Ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i

Magistr, mustaqil izlanuvchi

Biografiya

Q.K.Bekchanov mehnat faoliyati bo‘yicha 22 yillik tajribaga ega.

Q.Bekchanov Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida 2023 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Dastlabki faoliyatim 2004 yildan 2020 yillarda Xorazm viloyati Yangiariq tuman xo‘jalik xisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi yordamchisi lavozimida ishlab turli Xorazm viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshkarmasi boshlig‘i kadastr tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020 yildan 2023 yillarda Xorazm viloyat qishloq xo‘jaligi boshkarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Institutning Ilmiy ishlab chiqarish bo‘limida ham faoliyat olib borib, bir qator ishlar yer egalari, yerdan faydolanuvchilarga, klaster, fermer xo‘jaliklari, dexqon xo‘jaliklariga xamda jismoniy shaxslarga xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy xizmatlar ko‘rsatish yani yer maydonini tuproqlarini statsionar xamda mobil laboratoriyalarda tekshiruvlar o‘tkazib ularga tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib unumdorlik darajasi, yerlardan samarali foydalanish va tuproqlarning oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasini inobatga olgan holda ko‘chat joylashtirish va mineral o‘g‘itlarni ilmiy asoslangan holda qo‘llash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berish ishlarini yulga ko‘yilgan.

Asosiy faoliyat va yutuqlari:

Xozirda “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti doktarantura bo‘limi 2-bosqich doktaranti yer tuzish loyixalari buyicha 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi;

Mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etgan;

Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etgan;

Bir qator xorijiy davlatlarning ilmiy-ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolanishiga hissa qo‘shgan;

2016–yilda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari va davlat kadastri davlat ko‘mitasi tamonidan soxa alochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

2023 yil 9-fevraldan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institute Ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

1. Umumiy vazifalar

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining amaldagi vazifalari va institutdagi «Ilmiy ishlab chiqarish» bo‘limi Institutning asosiy vazifalari xo‘jalik shartnomalari asosida yer egalari, yerdan faydolanuvchilarga, klaster, fermer xo‘jaliklari, dexqon xo‘jaliklariga xamda jismoniy shaxslarga ilmiy xizmatlar ko‘rsatish, tuproq holatini o‘rganish, unumdorlikni baholash, tuproq tadqiqotlari, agrokimyoviy tahlil, xaritalash va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishni qamrab oladi.

1. Bo‘limning asosiy maqsadi

Ilmiy ishlab chiqarish bo‘limining asosiy maqsadi institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tuproqshunoslik, agrokimyo, yerlarni baholash va monitoring qilish sohalarida ilmiy-amaliy xizmatlarni tashkil etish hamda klaster, fermer xo‘jaliklari, xamda jismoniy shaxslarga xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy xizmatlar ko‘rsatish qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

2. Asosiy vazifalari

Bo‘lim quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlariga joriy etishni tashkil etadi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining tuproq holati, unumdorligi, agrokimyoviy va agrofizikaviy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlarni tashkil qiladi.

Tuproq tadqiqotlarini o‘tkazish, tuproq kesmalarini joylashtirish, tuproq namunalarini olish va laboratoriya tahlillarini tashkil etishda ishtirok etadi.

Tuproqning gumus miqdori, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy, sho‘rlanish darajasi, mexanik tarkibi va boshqa agrokimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorlik darajasini baholash, tuproq bonitirovkasi va yerlarni sifat jihatidan baholash ishlarida ishtirok etadi.

Tuproqning sho‘rlanishi, eroziyasi, degradatsiyasi va boshqa salbiy jarayonlarni o‘rganish hamda ularning oldini olish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Tuproq va agrokimyoviy tadqiqotlar natijalari asosida tematik va elektron raqamli xaritalar, kartogrammalar hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi.

Geografik axborot tizimlari (GAT/GIS), masofadan zondlash, GPS/GNSS, raqamli kartografiya va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuproq va yer resurslarini baholash ishlarini tashkil etadi.

Dala tadqiqotlari natijalarini kameral qayta ishlash, tahlil qilish va ilmiy-amaliy xulosalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiradi.

Institut laboratoriyalari, dala ekspeditsiyasi, kameral tahlil va kartografik tahlil bo‘limlari bilan hamkorlikda kompleks tadqiqotlarni amalga oshiradi.

Tuproq holatini operativ kuzatish va diagnostika qilish bo‘yicha amaliy tadbirlarda ishtirok etadi.

Yer uchastkalari va qishloq xo‘jaligi massivlari bo‘yicha buyurtmachilarning texnik topshiriqlariga muvofiq ilmiy-amaliy xulosalar, ma’lumotnomalar va tavsiyalar tayyorlaydi.

Institutda ishlab chiqilgan yangi usullar, texnologiyalar, uslubiy tavsiyalar va ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish samaradorligini o‘rganadi va ularning iqtisodiy hamda ekologik samaradorligini baholaydi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari, klasterlar, loyiha tashkilotlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

3. Bo‘limning amaliy ish jarayoni

Ilmiy ishlab chiqarish bo‘limida ish jarayoni shartli ravishda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich — buyurtmani qabul qilish: yer uchastkasi, massiv yoki hudud bo‘yicha buyurtmachi talabi o‘rganiladi va texnik topshiriq shakllantiriladi.

2-bosqich — tayyorgarlik ishlari: mavjud kartografik, kadastr, tuproq, agrokimyoviy va boshqa ma’lumotlar yig‘iladi, hududning elektron kartalari tayyorlanadi.

3-bosqich — dala tadqiqotlari: hududning tabiiy sharoiti o‘rganiladi, tuproq kesmalari qo‘yiladi, namuna olish nuqtalari belgilanadi va tuproq namunalari olinadi.

4-bosqich — laboratoriya tahlillari: olingan namunalar belgilangan usullar asosida tahlil qilinadi va tuproqning asosiy agrokimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

5-bosqich — kameral va GAT tahlili: dala va laboratoriya ma’lumotlari elektron shaklga o‘tkaziladi, tahlil qilinadi, tematik kartalar va kartogrammalar ishlab chiqiladi.

6-bosqich — ilmiy baholash: tuproq unumdorligi, agrokimyoviy holati, sho‘rlanish, eroziya, degradatsiya va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash amalga oshiriladi.

7-bosqich — tavsiyalar ishlab chiqish: olingan natijalar asosida yerlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, o‘g‘itlardan oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlanadi.

8-bosqich — natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish:ilmiy ishlanmalar amaliyotga tatbiq etiladi va ularning samaradorligi baholanadi.

4. Ilmiy ishlab chiqarish bo‘limining asosiy mahsulotlari

Bo‘lim faoliyati natijasida:

tuproq xaritalari;

agrokimyoviy kartogrammalar;

elektron raqamli tuproq xaritalari;

tuproq unumdorligi bo‘yicha ma’lumotlar;

tuproq bonitirovkasi materiallari;

yerlarni baholash natijalari;

tuproqning sho‘rlanish va eroziya holati bo‘yicha ma’lumotlar;

agrokimyoviy tahlil natijalari;

ilmiy-amaliy xulosalar;

texnik hisobotlar;

ilmiy-uslubiy tavsiyalar;

yerdan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar;

innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha materiallar

tayyorlanadi.

5. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

Bo‘lim faoliyatida zamonaviy GAT texnologiyalari, elektron raqamli kartografiya, masofadan zondlash ma’lumotlari, GPS/GNSS texnologiyalari, aerokosmik suratlar va zaruratga ko‘ra uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish orqali tadqiqotlarning aniqligi va tezkorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

6. Bo‘lim faoliyatining yakuniy natijasi

Ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi faoliyatining asosiy natijasi — institutda yaratilgan ilmiy bilim va texnologiyalarni amaliyot bilan bog‘lash, tuproq va yer resurslarining holatini ilmiy asosda baholash, qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini saqlash va oshirish hamda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.

Bo‘lim faoliyati institutning tuproq holatini operativ kuzatish, tuproq unumdorligini baholash, agrokimyoviy tadqiqotlar, xaritalash va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish kabi belgilangan yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liq.