Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

O‘. X. Mamajanova

Xotin-qizlar kengashi raisi, katta ilmiy xodim

Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Biografiya

O‘.X.Mamajanova mehnat faoliyati bo’yicha 18 yillik tajribaga ega.

O‘.X.Mamajanova Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida 2008 yildan hozirgi kunga qadar faoliyat olib bormoqda. Institutning tuproqlar genezisi, geografiyasi va raqamli kartografiyasi bo‘limida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi ega katta ilmiy xodim lavozimida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Asosiy faoliyat va yutuqlari:

Tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishlarida 110 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi;

Mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etgan;

Ilmiy faoliyati davomida institut tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlar rejalarining bir qator ilmiy-amaliy, halqaro, innovatsion va fundamental loyihalarda ishtirok etib kelmoqda;

2023 Ilmiy izlanishlari davomida Farg‘ona viloyatida joylashgan So‘x daryosi yoyilmasi tumanlaridan olib borgan tadqiqotlarida sug‘oriladigan tuproqlaridan samarali foydalanish maqsadida uning 1:50000 masshtabli elektron raqamli tuproq va sho‘rlanish xaritalari ishlab chiqgan va tuproq xaritasi va sho‘rlanish xaritogrammalarini amaliyotga joriy etgan;

Vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Xotin-qizlar kengashi raisi institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ilmiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Asosiy majburiyat va vazifalar quyidagilardan iborat:

1. Ilmiy va kasbiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash

Olima ayollarni rag‘batlantirish: Institutdagi xotin-qizlar va yosh olimalarning ilmiy tadqiqotlarda (grantlar, loyihalar, patent va maqolalar chop etishda) faol ishtirok etishiga ko‘maklashish.

Malaka oshirish va mansab o‘sishi: Ayol xodimlar va doktorantlarning malakasini oshirish, ularni boshqaruv va ilmiy lavozimlarga ilgari surishga ko‘maklashish.

2. Ijtimoiy va huquqiy himo

Mehnat va ijtimoiy huquqlarni himoya qilish:Institutidagi xotin-qizlarning mehnat sharoitlari, ijtimoiy kafolatlari (dekret ta’tillari, moddiy yordam va b.) ta’minlanishini nazorat qilish.

Ma’naviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash:Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan yoki ehtiyojmand ayol xodimlarga manzilli yordam tashkil etishda ishtirok etish.

3. Ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar

Tadbirlar tashkil etish: Muhim sanalar va bayramlar (masalan, 8 mart, «Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni» va b.) munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish.

Sog‘lom muhitni ta’minlash:Jamoada ayollar o‘rtasida sog‘lom psixologik va ma’naviy muhitni shakllantirish, gender tengligi qoidalariga rioya etilishini kuzatib borish.

4. Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmasi hamda yuqori tashkilotlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha topshiriq va qarorlari ijrosini ta’minlash.

Institut rahbariyatiga xotin-qizlarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.