Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

Normatov Yodgor Mamanazarovich

Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi

PhD

Biografiya

Yo. Normatov mehnat faoliyati bo’yicha 10 yillik tajribaga ega.

Y.Normatov Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida 2025 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.dastlabki ilmiy faoliyati Guliston davlat universiteti “Tuproqshunoslik” kafedrasidan boshlagan va shu vaqtga qadar Oliy ta’lim tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish va xorijiy hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishida ham faoliyat olib borib, bir qator xorijiy davlatlarning ilmiy-ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga hissa qo‘shgan. Xususan, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish maqsadida bir qancha davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolanishiga erishgan.

Asosiy faoliyat va yutuqlari:

Tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishlarida 30 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi;

Mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etgan;

Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etgan;

Bir qator xorijiy davlatlarning ilmiy-ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolanishiga hissa qo’shgan;

2017–2018-yillarda Xitoy Xalq Respublikasining Qishloq xo‘palagi akademiyasida tahsil olib, tegishli diplom bilan taqdirlangan.

Joriy 2026 yil boshidan buyon Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institute Xalqaro aloqalar bo’yicha bosh mutaxassis bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda.

Vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

1. Umumiy vazifalar

Xalqaro aloqalar bo‘limi Institutning xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, donorlar, jamg‘armalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorligini rivojlantirish va muvofiqlashtirishga mas’ul tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.

Bo‘limning asosiy maqsadi — tuproqshunoslik, agrokimyo, tuproq unumdorligi, tuproq degradatsiyasi, ekologik barqarorlik va qishloq xo‘jaligi sohalarida xalqaro tajriba va zamonaviy ilmiy yutuqlarni Institut faoliyatiga joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Institutning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini oshirishdan iborat.

2. Asosiy vazifalar

1. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

Xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish;

xalqaro hamkorlik bo‘yicha memorandum, kelishuv va shartnomalarni tayyorlash hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mavjud xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va yangi hamkorlarni jalb qilish.

2. Xalqaro ilmiy loyihalarni tashkil etish

Xalqaro grantlar va ilmiy-tadqiqot loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izlash, tahlil qilish va Institut ilmiy xodimlariga yetkazish;

xorijiy grant dasturlarida ishtirok etish uchun loyiha takliflarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish;

xalqaro loyihalar doirasida Institut olimlari va mutaxassislarining ishtirokini tashkil etish;

amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarning bajarilishini monitoring qilish.

3. Xorijiy delegatsiyalar va mutaxassislar bilan ishlash

Institutga tashrif buyuradigan xorijiy olimlar, ekspertlar, delegatsiyalar va hamkor tashkilotlar vakillarini kutib olish va tashrif dasturlarini tashkil etish;

xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi uchrashuvlar, muzokaralar, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil qilish;

tashriflar yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumot va hisobotlarni tayyorlash.

4. Institut xodimlarining xalqaro tadbirlardagi ishtirokini tashkil etish

xalqaro konferensiyalar, kongresslar, forumlar, seminarlar va treninglar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish;

Institut olimlarining xorijiy ilmiy tadbirlarda ishtirokini muvofiqlashtirish;

xizmat safarlarini tashkil etishda tegishli bo‘limlar bilan hamkorlik qilish;

xalqaro tadbirlarda Institutning ilmiy salohiyati va tadqiqot natijalarini namoyish etishga ko‘maklashish.

5. Ilmiy tajriba almashinuvini rivojlantirish

xorijiy ilmiy muassasalar bilan olimlar, doktorantlar va yosh mutaxassislarning tajriba almashuvini tashkil etish;

xorijiy olimlarni Institutga ilmiy hamkorlik uchun jalb qilish;

qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, ekspeditsiyalar, laboratoriya ishlari va dala tadqiqotlarini tashkil etishga ko‘maklashish.

6. Xalqaro axborot va hujjatlar bilan ishlash

xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkorlardan kelib tushadigan xat, taklif va hujjatlarni qabul qilish, tahlil qilish va tegishli ijrochilarga yo‘naltirish;

xalqaro hamkorlikka oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;

xalqaro hamkorlik bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar va tahliliy materiallarni tayyorlash.

7. Xalqaro nashriyot va ilmiy kommunikatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash

Institut olimlarining xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishini qo‘llab-quvvatlash;

xalqaro ilmiy bazalar va nashriyotlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish;

ilmiy maqolalarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va nashr etish bo‘yicha ma’lumotlar bilan ta’minlash.

8. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik

BMT tizimidagi tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari, ilmiy va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish;

tuproq degradatsiyasi, yer resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo‘jaligiga oid xalqaro dasturlarda Institut ishtirokini kengaytirish.

3. Bo‘limning asosiy faoliyat yo‘nalishlari

Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilishi maqsadga muvofiq:

xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik;

xalqaro grant va loyihalar;

xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik;

xalqaro konferensiya va seminarlar;

xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash;

ilmiy xodimlarning xalqaro tajriba almashinuvi;

xorijiy investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish;

qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;

xalqaro ilmiy nashrlar va ilmiy kommunikatsiyalar;

Institutning xalqaro ilmiy imijini rivojlantirish.

4. Kutilayotgan natijalar

Xalqaro aloqalar bo‘limining samarali faoliyati natijasida:

xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari kengayadi;

xalqaro grant va loyihalar soni ortadi;

Institut olimlarining xalqaro ilmiy tadbirlardagi ishtiroki kuchayadi;

qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi;

zamonaviy xorijiy ilmiy tajriba va texnologiyalar Institut faoliyatiga jalb qilinadi;

yosh olimlar va mutaxassislarning xalqaro tajriba almashinuvi imkoniyatlari kengayadi;

Institutning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi ko‘rinishi va hamkorlik tarmog‘i rivojlanadi.