Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Turdaliyev Jamolbek Mo‘minaliyevich
Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, geografiyasi va melioratsiyasi bo‘limi boshlig‘i
PhD, katta ilmiy xodim
Biografiya
J.M.Turdaliyev mehnat faoliyati bo’yicha 15 yillik tajribaga ega.
J.M.Turdaliyev Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida 2012 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Dastlabki ilmiy faoliyati Farg`ona Politexnika instituti “Kimyo texnologiya” fakultetidan boshlagan va shu vaqtga qadar Oliy ta’lim tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, geografiyasi va melioratsiyasi bo‘limi faoliyati doirasida sho‘rlangan tuproqlarni o‘rganish, ularning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda zamonaviy meliorativ texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarida samarali faoliyat olib borgan. Xususan, davlat dasturlari va ilmiy loyihalar doirasida sho‘rlangan yerlarni tadqiq etish, ularning sho‘rlanish darajasini baholash va kartogrammalarini tuzish, tuproq sho‘rlanishini monitoring qilish, innovatsion texnologiyalarni dala sharoitida sinovdan o‘tkazish hamda olingan ilmiy natijalarni ishlab chiqarishga joriy etishga munosib hissa qo‘shgan.
Asosiy faoliyat va yutuqlari:
Tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishlarida 80 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi;
Mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etgan;
Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, geografiyasi va melioratsiyasi bo‘limi boshlig‘i sifatida davlat dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, sho‘rlangan yerlarni o‘rganish, ularning meliorativ holatini yaxshilash hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishgan;
2022-yil “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
2014-yilda Hindiston davlatida “Markaziy o`g`itlar sifatini boshqarish” institutida, malaka oshirgan tegishli diplom va sertifikati bilan bilan taqdirlangan.
2024-yilda Germanya davlatida “O‘zbekiston Respublikasi qishloqxo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Germaniyaning Leybnis Universitetida malaka oshirgan.
Joriy 2020 yil boshidan buyon Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, geografiyasi va melioratsiyasi bo‘lim boshlig‘i bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda.
Vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
1. Umumiy vazifalar
Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, geografiyasi va melioratsiyasi bo‘limi Institutning sho‘rlangan tuproqlarning genezisi va geografik tarqalish qonuniyatlarini o‘rganish, ularning sho‘rlanish darajasi va meliorativ holatini baholash, sho‘rlangan yerlarning unumdorligini saqlash va oshirish, sho‘rlanish jarayonlarining oldini olish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan usul va innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqishga mas’ul tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Bo‘limning asosiy maqsadi – Respublika hududlarida sho‘rlangan tuproqlarning genezisi, geografik tarqalishi va sho‘rlanish jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganish, ularni zamonaviy dala, laboratoriya va masofaviy zondlash usullari asosida baholash, sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini tiklash hamda sho‘rlanishning oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan texnologiya va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
2. Asosiy vazifalar
1. Sho‘rlangan tuproqlarning genezisi va geografiyasini o‘rganish
Respublika tuproqlarida sho‘rlanishning shakllanish sabablari va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash; sho‘rlanish tipi, darajasi, kimyoviy tarkibi va tuproq profili bo‘yicha taqsimlanishini o‘rganish; tabiiy va antropogen omillarning sho‘rlanish jarayonlariga ta’sirini baholash.
2. Sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini baholash va yaxshilash usullarini takomillashtirish
Tuproq sho‘rlanishi, sizot suvlari sathi va minerallashuvi, suv-tuz rejimi hamda kollektor-drenaj tizimlarining holatini kompleks baholash; turli tuproq-meliorativ sharoitlar uchun maqbul meliorativ tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Sho‘rlangan tuproqlarni yaxshilashda zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish
Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari, minerallashgan va kollektor-drenaj suvlaridan samarali foydalanish, suv sifatini yaxshilash, jumladan tozalangan suvlardan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy baholash; kimyoviy, biologik va agromeliorativ usullarni dala tajribalarida sinovdan o‘tkazish.
4. Sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish
Tuproqning suv-tuz rejimi, agrokimyoviy, fizik va fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash; sho‘rlangan yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha hududiy va differensial agromeliorativ tavsiyalar ishlab chiqish.
5. Tuproq sho‘rlanishini masofadan zondlash va raqamli kartografiya usullari asosida monitoring qilish
Sputnik ma’lumotlari, GAT (GIS) texnologiyalari va dala tadqiqotlarini integratsiya qilish asosida sho‘rlanishni aniqlash va baholash; turli masshtabdagi sho‘rlanish kartogrammalari va raqamli mavzuli xaritalarni tuzish; sho‘rlanish dinamikasini makon va vaqt bo‘yicha monitoring qilish.
6. Tuproq sho‘rlanishining oldini olish va unga qarshi kurashish texnologiyalarini yaratish
Ikkilamchi sho‘rlanish xavfini baholash va prognoz qilish; sho‘rlanishga olib keluvchi omillarni erta aniqlash; sug‘oriladigan yerlarda suv va tuz balansini maqbullashtirish hamda profilaktik meliorativ tadbirlarni ishlab chiqish.
7. Sho‘rlangan tuproqlarning raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish
Dala, laboratoriya, arxiv, kartografik va masofaviy zondlash ma’lumotlarini birlashtirish asosida sho‘rlangan tuproqlarning raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish.
8. Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish
Ishlab chiqilgan texnologiya, uslubiy qo‘llanma, kartogramma va tavsiyalarni fermer xo‘jaliklari, klasterlar, suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida sinovdan o‘tkazish va joriy etish; hududlar uchun sho‘rlanishni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar tayyorlash.
9. Davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ishtirok etish
Tuproq va yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, sho‘rlanishning oldini olish hamda sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, davlat dasturlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning bo‘lim vakolati doirasida ijrosini ta’minlashda ishtirok etish.
Davlat dasturlari va topshiriqlari asosida qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproq tadqiqotlarini amalga oshirish;
sug‘oriladigan va sho‘rlangan yerlarning holatini baholash, sho‘rlanish darajasi bo‘yicha kartogrammalar va raqamli xaritalar tuzish hamda yangilab borish;
tuproq sho‘rlanishi va meliorativ holatiga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish, tizimlashtirish va tegishli davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilishda ishtirok etish;
CropAgro, E-ijara va boshqa tegishli davlat axborot tizimlari uchun bo‘lim vakolatiga kiruvchi tuproq va sho‘rlanishga oid ilmiy ma’lumotlarni tayyorlash, tahlil qilish va taqdim etish;
Davlat tashkilotlari buyurtmalari va belgilangan dasturlar asosida tuproq sho‘rlanishi bo‘yicha monitoring, inventarizatsiya va kartografik ishlarni amalga oshirish;
Davlat dasturlari va topshiriqlari ijrosi natijalari bo‘yicha ilmiy-tahliliy ma’lumotlar, xulosalar va amaliy tavsiyalar tayyorlash.
3. Bo‘limning asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, geografiyasi va melioratsiyasi bo‘limi faoliyati quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilishi maqsadga muvofiq:
sho‘rlangan tuproqlarning genezisi va geografik tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etish;
tuproqlarning sho‘rlanish tipi va darajasini aniqlash va monitoring qilish;
sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini kompleks baholash;
sho‘rlanishni kamaytirish va oldini olishga qaratilgan innovatsion meliorativ texnologiyalarni ishlab chiqish;
masofadan zondlash va GAT texnologiyalari asosida sho‘rlanish kartogrammalari va raqamli mavzuli xaritalar tuzish;
sho‘rlangan tuproqlarning raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
sho‘rlangan yerlar unumdorligini tiklash va oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish sharoitida sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish.
Davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlardan kelib chiqadigan tuproq sho‘rlanishiga oid vazifalar ijrosida ishtirok etish, kartografik ma’lumotlarni tayyorlash va tegishli axborot tizimlariga taqdim etish;
4. Kutilayotgan natijalar
Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, geografiyasi va melioratsiyasi bo‘limining samarali faoliyati natijasida:
sho‘rlangan tuproqlarning genezisi, geografiyasi va sho‘rlanish jarayonlari bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlar shakllanadi;
sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini baholash va yaxshilash usullari takomillashtiriladi;
tuproq sho‘rlanishini kamaytirish va oldini olishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar ishlab chiqiladi va sinovdan o‘tkaziladi;
masofadan zondlash va GAT texnologiyalari asosida sho‘rlanish kartogrammalari hamda raqamli mavzuli xaritalar yaratiladi;
sho‘rlangan tuproqlar bo‘yicha raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va yangilanib boriladi;
sho‘rlangan yerlar unumdorligini oshirish va ulardan barqaror foydalanish bo‘yicha hududiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
ishlab chiqilgan ilmiy yechim va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish ko‘lami kengayadi.
Davlat dasturlari doirasida sho‘rlangan yerlar bo‘yicha kartografik va raqamli ma’lumotlarning yangilanib borishi hamda ulardan davlat axborot tizimlarida foydalanish imkoniyati kengayadi.