Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

Xudoyqulov Akbar Amanqulovich

Matbuot kotibi, Axborot-resurs bo‘limi boshlig‘i

Jurnalist

Biografiya

А. Xudoyqulov OAV larida 25 yillik ish tajribasiga ega.

Xudoyqulov Akbar Amanqulovich 1978 yil 11 dekabrda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Gagarin shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek.

2001 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining “Jurnalistika” fakultetini kunduzgi ta’lim shaklida tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — jurnalist.

Mehnat faoliyatini 2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Faqulodda vaziyatlarda boshqaruv boshqarmasi” Bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan.

2002–2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Ommaviy axborot aloqalar bo‘limi”da I-toifali mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Bojxona organlari o‘z xavfsizligi bo‘yicha maxsus inspeksiyasi”da I-toifali mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.

2004 yilda Toshkent viloyatidagi 531-SChRBda harbiy xizmatni o‘tagan.

2004–2014 yillarda Baxmal tumanida xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan.

2015–2016 yillarda Toshkent viloyatidagi «Qibray sadosi» gazetasida muxbir lavozimida ishlagan.

2020–2022 yillarda «Filologik tadqiqotlar» ilmiy-tadqiqot jurnalida Bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2022 yil 13 yanvardan hozirgi vaqtgacha Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Axborot-resurs bo‘limi boshlig‘i, institutni “Matbuot kotibi” lavozimida ishlagan.

Vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

1. UMUMIY QOIDALAR VA XUQUQIY MAQOMI

1.1. Ushbu yo‘riqnoma Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti (Institut) Matbuot kotibining maqomi, vazifalari va javobgarligini belgilaydi.

1.2. Matbuot kotibi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunlar va sohaviy hujjatlarga amal qiladi.

1.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2019 yildagi PQ-4366-sonli Qaroriga muvofiq:

Matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Institut rahbarining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi maqomiga ega;

Mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra Institut rahbarining (direktorning) o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

Bevosita Institut direktoriga bo‘ysunadi va lavozimga AOKA xulosasi asosida tayinlanadi.

2. ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI

Qonunlar ijrosini haqqoniy yoritish: Tuproq muhofazasi va agrokimyo sohasiga oid qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlari ijrosini xolis, haqqoniy va asoslangan tarzda OAVda yoritish.

Tezkor xabardor qilish: Sohadagi islohotlar va ilmiy yangiliklar haqida keng jamoatchilikni qonun doirasida o‘z vaqtida, tezkorlik bilan va muntazam xabardor qilib borish.

Mintaqaviy bo‘linmalarni muvofiqlashtirish: Institutning barcha mintaqaviy bo‘linmalari (filiallari) axborot xizmati faoliyatini tizimli muvofiqlashtirish va ularning natijalarini yagona axborot makoniga integratsiya qilish.

Raqamli platformalarni boshqarish: Institutning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi (Telegram, Facebook, YouTube va b.) rasmiy sahifalari ishini yuritish, ularni zamonaviy media-kontent bilan boyitish.

OAV va nashriyot bilan ishlash: Televidenie va radioda olimlarning chiqishlarini uyushtirish, matbuot nashrlariga maqolalar tayyorlash hamda Institutning ilmiy jurnali ishida va targ‘ibotida faol ishtirok etish.

Tanqid va monitoring: OAV va ijtimoiy tarmoqlarda institut faoliyatiga oid materiallar monitoringini yuritish, salbiy yoki noto‘g‘ri axborotlarga nisbatan qonun doirasida tezkor rasmiy munosabat (raddiya) berish.

3. JURNALISTLAR BILAN HAMKORLIK VA KAFOLATLAR

Matbuot kotibi jurnalistlarning qonuniy haq-huquqlarini ta’minlash maqsadida quyidagilarga majbur:

Jurnalistlarning Institut faoliyatiga doir (davlat siri bo‘lmagan) axborotlarni erkin olish va OAV so‘rovlariga qonunda belgilangan muddatlarda tezkor javob berish huquqini ta’minlash.

Ochiq tadbirlarda (press-tur, brifing) barcha OAV vakillari va blogerlarga teng sharoitlar yaratish.

Jurnalistlarning kasbiy daxlsizligi va ijodiy mustaqilligini hurmat qilish, tanqidiy materiallarga xolis yondashish.

4. HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI

4.1. Huquqlari: Tarkibiy va mintaqaviy bo‘linmalardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish; OAVda Institut nomidan rasmiy vakillik qilish.

4.2. Javobgarligi: Tarqatilayotgan axborotlarning qonuniyligi va haqqoniyligi; ularning o‘z vaqtida e’lon qilinishi hamda davlat sirlarining saqlanishi uchun shaxsan javobgardir.