Xabaringiz bor, har yili dunyo boʻylab 5-dekabr “Butunjahon tuproq kuni” keng nishonlanadi. Chunki, tuproq resurslari inson hayotida, davlat farovonligida, shuningdek, sayyora ekotizimining barqarorligini ta’minlashda oʻrni beqiyos.
Joriy yilning 4-dekabr sanasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti binosida “TUPROQSHUNOSLIKNING TRANSCHEGARAVIY MUAMMOLARI VA ULAR YECHIMINING INNOVATSION USULLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy anjuman oʻtkazildi.
Yuqori saviyada oʻtkazilgan mazkur anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari tashrif b