Chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilamizki, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Buxoro viloyat…
Новости

Chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilamizki, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Buxoro viloyat…

1 мин. чтения 434 просмотров

Taʼziya

Chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilamizki, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Buxoro viloyat mintaqaviy boʻlinmasi direktori Toʻrayev Tilak Abdullayevich tuproqshunoslik sohasining yetuk mutaxassisi vafot etdilar.

Marhum oʻzining koʻp yillik samarali mehnat faoliyati davomida tuproqshunoslik ilmini rivojlantirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, hamda sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini yuksaltirishga beqiyos hissa qoʻshdilar. U kishi yuksak professionallik, fidoyilik va rahbarlik salohiyati bilan jamoa orasida katta hurmat qozongan edilar.

Tilak Abdullayevichning soha taraqqiyoti yoʻlidagi xizmatlari hamisha yuksak qadrlanadi va yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi.

Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Hurmat bilan,

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi.

✅Telegram: TATI Soil

Manba: Telegram kanali