Tarix_bilan_yuzma_yuz
🟢Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
❗️Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad xodimlarni mamlakatimiz tarixi, boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari hamda xalqimizning koʻp asrlik madaniy an’analari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi.
🗣Ekskursiya davomida markaz mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga mazkur majmuaning faoliyati, uning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati hamda ekspozitsiyalardan oʻrin olgan noyob tarixiy manbalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xodimlar markazda namoyish etilayotgan qadimiy qoʻlyozmalar, asori-atiqalar, arxeologik topil