Shoʻrlangan tuproqlarning kelib chiqishi va tarqalishini, shoʻrlanish darajasini hamda meliorativ holatini oʻrganish.
Faoliyat yoʻnalishlari
- Shoʻrlanish turlari, darajasi, kimyoviy tarkibi va tarqalishiga ta’sir qiluvchi tabiiy hamda inson omillarini baholash.
- Sizot suvlari, suv-tuz rejimi va kollektor-drenaj tizimlari holatini kompleks tahlil qilish.
- Masofadan zondlash va dala ma’lumotlari bilan shoʻrlanishni monitoring qilish, kartogramma va raqamli xaritalar tayyorlash.
- Shoʻrlangan yerlar unumdorligini tiklash, ikkilamchi shoʻrlanishning oldini olish va meliorativ tavsiyalar ishlab chiqish.
- Suv tejovchi, kimyoviy, biologik va agromeliorativ usullarni oʻrganish hamda amaliyotga tavsiya etish.
