Tuproq eroziyasi jarayonlarini oʻrganish, eroziyalangan tuproqlar unumdorligini tiklash va yer resurslarini muhofaza qilish.
Faoliyat yoʻnalishlari
- Sugʻoriladigan, lalmi va yaylov tuproqlaridagi suv, shamol hamda sugʻorish eroziyasi sabablarini oʻrganish.
- Eroziyaga uchragan tuproqlar holati va darajasini baholash; eroziya xavfi xaritalarini tayyorlash.
- Eroziyaning qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
- Unumdorlikni tiklash uchun agrotexnologik yechimlar va amaliy tavsiyalar tayyorlash.
- Eroziya oqibatlarini prognoz qilish hamda oldini olish usullarini takomillashtirish.
