Joriy yilning 3-aprel sanasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi fakulteti “Xizmat koʻrsatish texnikasi” kafedrasi dotsenti Jurayeva Gulchexra Shodiyevna hamda assistent Beketov Timur Kazakbayevich rahbarligida 2-kurs 61-24 guruh, Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yoʻnalishi talabalari amaliy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtash uchun tashrif buyurishdi.
Institutning “Analitik sinov laboratoriyasi” boʻlimi mudirasi Xurshida Nuriddinova mazkur mashgʻulot doirasida talabalarga tuproqshunoslik va agrokimyo yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan laboratoriya sharoitlari, zamonaviy usk