Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan…
News

Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan…

1 min read 429 views

#ILMIY_SEMINAR
Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.

Yigʻilish Igamberdiyeva Dilfuza Alimovnaning «Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sugʻoriladigan boʻz tuproqlari va irrigatsion eroziya taʼsirini baholash (Chortoq tumani misolida)» mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi b. f. f. d. (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bagʻishlandi.

Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.

Muhokamalarda kengash aʼzolari tomonidan talabgor Dilfuza Igamberdiyeva ga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga oʻtishi maʼqullandi.

t.me/taiti_soil

Manba: Telegram kanali