Institut

Jumaev Safar Normuminovich

Jumaev Safar Normuminovich

Jumaev Safar Normuminovich

Qabul kunlari:
Seshanba, payshanba · 14:00–16:00

← Barcha xodimlar

Vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari

1. Umumiy vazifalar

Bosh hisobchi Institutning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini buxgalteriya hisobi asosida yuritish, moliyaviy mablagʻlarning maqsadli sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy hisobotlarni shakllantirish hamda buxgalteriya hisobining amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etilishiga mas’ul hisoblanadi.

Bosh hisobchining asosiy maqsadi — Institut moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining hisobini toʻgʻri va oʻz vaqtida yuritish, moliyaviy intizomga rioya etilishini ta’minlash, mablagʻlardan samarali foydalanishni nazorat qilish hamda Institut faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlashdan iborat.

2. Asosiy vazifalar

Buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish: xoʻjalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobida toʻgʻri va oʻz vaqtida aks ettirilishini, birlamchi hujjatlarining rasmiylashtirilishini ta’minlash;

Moliyaviy mablagʻlar va xarajatlarni nazorat qilish: budjet mablagʻlari va boshqa manbalardan maqsadli foydalanilishini, xarajatlar smetasi ijrosini hisobga olish va tahlil qilish;

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash: moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini belgilangan muddatlarda, ishonchli tayyorlash va tegishli tashkilotlarga taqdim etish;

Mehnat haqi va boshqa toʻlovlarni hisoblash: ish haqi, ustamalar, mukofotlar, soliqlar va majburiy toʻlovlarning belgilangan tartibda hisoblanishi va toʻlanishini ta’minlash;

Debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobga olish: qarzdorlik holatini tahlil qilish va kamaytirish boʻyicha choralar koʻrish;

Asosiy vositalar va moddiy boyliklar hisobini yuritish: aktivlar harakatini rasmiylashtirish, inventarizatsiyada ishtirok etish;

Moliyaviy intizom va ichki nazoratni ta’minlash: moliyaviy hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish;

Shartnomalar bilan ishlash: xoʻjalik va xizmat koʻrsatish shartnomalarining moliyaviy jihatlarini koʻrib chiqish, toʻlovlar hisobini yuritish;

Buxgalteriya hujjatlarini saqlash va arxivlash: dokumentlarni tizimlashtirish, arxivga topshirish va saqlash muddatlariga rioya etish.