Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
☄️Andijon MTRK tomonidan “Dolzarb mavzu” rukuni ostida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Andijon viloyati mintaqaviy boʻlinmasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda qishloq xoʻjaligida yer unumdorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar yoritildi.
⚡️Shuningdek, mutaxassislar tomonidan tuproq tahlillari, agrokimyoviy xizmat koʻrsatish, fermer va dehqonlarga berilayotgan amaliy tavsiyalar haqida batafsil maʼlumotlar berib kelinayotgani, shuningdek, lavha davomida institutning moddiy-texnik bazasi, laboratoriya imkoniyatlari va kelgusidagi rejalari ham keng jamoatchilikka taqdim etib borilayotgani, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda tuproqshunoslik yoʻnalishida talabalar integratsiyasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, xususan, oliy taʼlim muassasalari talabalarining ilmiy-tadqiqot jarayonlariga jalb etilishi, amaliyotlar tashkil etilishi va zamonaviy laboratoriyalarda tajriba orttirishi orqali ularning nazariy bilimlari amaliyot bilan uygʻunlashtirilayotgani qayd etilgan. Bu esa kelgusida malakali mutaxassislarni tayyorlash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda barqaror oziq-ovqat taʼminotini yoʻlga qoʻyishda muhim omil sifatida xizmat qilayotgani lavhada oʻz aksini topganligini koʻrishingiz mumkin.
Manba: Telegram kanali