📌Ayni damda “Central Asian Expo Uzbekistan” xalqaro koʻrgazma markazida “Innoprom. Markaziy Osiyo” doirasida “MDH innovatsion sanoat forumi: mintaqaviy integratsiya va texnologik mustaqillik” mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda.
🌟Forum doirasida MDH mamlakatlari oʻrtasida ilm-fan, sanoat va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinadi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda.
✅Forum dasturidan oʻrin olgan panel sessiyalar:
— sanoat va innovatsion siyosatning ustuvor yoʻnalishlari
— texnologiyalar transferini rivojlantirish
— sunʼiy intellektni sanoatga joriy etish istiqbollari
— ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi
kabi dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.
✅Eslatib oʻtamiz mazkur forumda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi ham faol qatnashishmoqda
Manba: Telegram kanali

