Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
✅ BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish yoʻnalishida hozirda 10 dan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda.
📰 Birgina, “Oʻzbekistonda qurgʻoqchilikka uchragan ekotizimlardagi oʻrmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida operatsion hamkorlik shartnomasi imzolanib, hozirda Buxoro viloyati Jondor va Navoiy viloyati Nurota tumanlarida pilot loyihalar olib borilmoqda.
🧪 Loyiha doirasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Buxoro viloyati boʻlinmasi uchun GC-2000 gaz xromatografi va AA-7800 atom-absorbsion spektrofotometri kabi zamonaviy laboratoriya uskunalari xarid qilindi.
🔬 Ushbu uskunalar tuproq va oʻsimlik tarkibidagi toksik moddalar, pestitsidlar hamda metall elementlarni aniqlash imkonini beradi.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI