Bugun 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!
⚡️Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.
🗣 Oʻrta asrlarning buyuk turkiy askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluk sultonligi, Dehli sultonligi, Usmonlilar davlati, Kavkaz va Erondagi davlatlarni yengishi ortidan musulmon olamining toʻla yetakchisi, yeri 4,4 mln km² ga yetishgan 14-asrda yuz yilliknig eng kuchli davlat quruvchisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, oʻtmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qoʻmondonlaridan biri, Temuriylar uygʻonish davri asoschisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi.
Sarkardaning hayot yoʻli, davlat boshqaruvi, oʻz faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyati bir qator tarixiy asarlarda, jumladan, uning «Temur tuzuklari» kitobida ham yaqqol aksini topgan.
🌟Tarix sahifalarida oʻzining salohiyati, dono siyosati va adolatparvarligi bilan muhr qoldirgan bu zotning merosi bugun ham xalqimiz ruhiyatida, maʼnaviyatida, ezgu orzu-intilishlarida yashab kelmoqda.
Manba: Telegram kanali