Bugun, 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Yangiliklar

Bugun, 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

1 daqiqa oʻqish 259 marta koʻrilgan

Alisher Navoiyning bebaho ijodiy va ilmiy merosi nafaqat xalqimiz maʼnaviyati, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz hamda adabiy-estetik tafakkur taraqqiyotida beqiyos oʻrin egallaydi. U oʻzining serqirra ijodi orqali turkiy adabiyot nufuzini yuksak choʻqqilarga koʻtardi, ona tilimizning qudrati va nafosatini butun dunyoga namoyon etdi.

Alisher Navoiy — nafaqat adabiyotimiz, balki milliy tafakkurimiz, maʼnaviyatimiz va tilimiz asoschisi. U zot qoldirgan bebaho meros asrlar osha xalqimizga maʼrifat, ezgulik va insonparvarlik yoʻlini koʻrsatib kelmoqda.

Manba: Telegram kanali