#Tuproqshunoslik_va_agrokimyoviy_tadqiqotlar_instituti
#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
☄️Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi oʻtkazildi.
🌟Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengashga raislik qiluvchi biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bordi.
🌟Majlis BAXODIROV ZAFAR ABDUVALYEVICHning “Tuproqshunoslikda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning ilmiy asoslari” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.
🔴Ilmiy kengash majlisida talabgor hozirgi kunda juda dolzarb boʻlgan sunʼiy intellekt texnologiyalarini tuproqshunoslik va agrokimyo sohasida qoʻllash boʻyicha olib borgan ilmiy va amaliy ishlari, tadqiqot natijalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
🔴Kengash aʼzolari tomonidan tuproqshunoslikda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash, turli mavzuli xaritalar tuzish, kosmik suratlarni tahlil qilish, axborot tizimlarini ishlab chiqish kabi amaliy ishlar yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan ZAFAR BAXODIROV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga toʻliq javob berishi maʼqulandi.
Manba: Telegram kanali





