✅Bugun soat 10 : 00 da Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
🔴Majlis kun tartibiga koʻra, BAXODIROV ZAFAR ABDUVALYEVICHning “Tuproqshunoslikda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning ilmiy asoslari” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlanadi.
🎚Siz ushbu link orqali bevosita Ilmiy kengash majlisini kuzatishingiz mumkin.
⚡️Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-200-son Farmonning 4-bandida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan oʻtkaziladigan dissertatsiya himoyalari Internet tarmogʻi orqali jonli efirga uzatilishi belgilangan.
Manba: Telegram kanali

