Bugun Toshkent shahrida “Taʼlim” mavzusidagi III Oʻzbekiston forumi boʻlib oʻtdi.
Yangiliklar

Bugun Toshkent shahrida “Taʼlim” mavzusidagi III Oʻzbekiston forumi boʻlib oʻtdi.

2 daqiqa oʻqish 271 marta koʻrilgan

☄️Bugun Toshkent shahrida “Taʼlim” mavzusidagi III Oʻzbekiston forumi boʻlib oʻtdi.
🗣Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi vakili Sun Changdong, Xitoy Taʼlim vazirligi huzuridagi Xitoy va xorijiy tillar almashinuvi va hamkorlik markazi hamda Chinese Testing International bosh direktor oʻrinbosari Liu Xiaolong, Xitoy oliy taʼlim muassasalari vakili, Lanzhou universiteti vakili Li Chunlin va boshqa taʼlim muassasasi vakillari qatnashishdi.

💬Tadbir davomida ishtirokchilarga Xitoy universitetlarining taʼlim dasturlari, bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlari, grant va stipendiyalar, HSK imtihoni hamda hujjat topshirish tartiblari haqida batafsil maʼlumot berildi.
💬Forumda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida taʼlim, ekologiya, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yoshlar uchun xalqaro taʼlim imkoniyatlarini oshirish masalalari alohida taʼkidlandi.
💬Shuningdek, forum doirasida Xitoy universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar, taʼlim dasturlari taqdimotlari hamda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.
✔️Mazkur xalqaro forum ilm-fan, taʼlim va innovatsion hamkorlikni rivojlantirishda muhim platforma sifatida eʼtirof etilmoqda.

❗️Eslatib oʻtamiz ushbu xalqaro forumda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari ham faol ishtirok etdi.

#Xalqaro_forum

Manba: Telegram kanali