#Tuproqshunoslik_va_agrokimyoviy_tadqiqotlar_instituti
#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
☄️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
🌟Mazkur majlis kun tartibidagi 2-masala boʻyicha:
XOLMATOV OTABEK ISMATOVICHning «Fosforli oʻgʻitlar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining himoyasiga bagʻishlandi.
🌟Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov olib bordi.
🔴Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
🔴Kengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan OTABEK XOLMATOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga toʻliq javob berishi maʼqulandi.
Manba: Telegram kanali





