Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
🇺🇿Olgʻa, Oʻzbekiston!
📆 Ertaga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi oʻtkazadi.
📖 Bu nafaqat futbolimiz, balki mamlakatimiz sport tarixi uchun ham unutilmas sahifa. Oʻzbekiston ilk bor jahon chempionati final bosqichida ishtirok etib, Markaziy Osiyo futbolida yangi sahifa ochmoqda.
⚡️Yurtimiz barcha sohalarda, shu jumladan sportda ham dunyodagi yetakchi davlatlar safidan munosib oʻrin egallash sari dadil qadam tashlamoqda. Futbol olamida kutilayotgan bahs ana shu yuksalish va ezgu maqsadlarning yana bir yorqin ifodasidir.
❗️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining ahl jamoasi ham ushbu tarixiy lahzalarni katta hayajon va faxr bilan kutib turibdi.
⚽️Milliy jamoamizga muvaffaqiyat, gʻalaba va yorqin oʻyin tilaymiz!
🇺🇿Olgʻa, Oʻzbekiston!
🏆Gʻalaba sari birgamiz!
Manba: Telegram kanali