⚠️ Firibgarlardan ogoh boʻling!
✅ Shu kunlarda vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari nomidan soxta Telegram akkauntlar ochilib, ular orqali tizim tashkilotlari rahbarlari, xodimlariga turli xil mazmundagi xabarlar tarqatilayotgan holatlari koʻp kuzatilmoqda.
📰 Ayrim holatlarda xodimlarga goʻyoki shaxsiy maʼlumotlar noqonuniy tarqatilgani yuzasidan ichki tekshiruv oʻtkazilayotgani, yaqin vaqt ichida oʻzini masʼul tashkilot xodimi sifatida tanishtiruvchi shaxs bogʻlanib savollar berishi haqida asossiz xabarlar yuborilgani qayd etilmoqda.
⏳ Shu bois Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilot rahbar-xodimlaridan ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan, rasmiy guruhlarga aloqador boʻlmagan murojaat yoki topshiriqlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish, ularning haqqoniyligini tekshirmasdan ishonmaslik hamda shubhali akkauntlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirib, shaxsiy yoki xizmatga oid maʼlumotlarni taqdim etmaslikni soʻraymiz.
Unutmang, axborot xavfsizligi va ogohlik — firibgarlikning oldini olishning eng muhim omillaridan biridir.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI