“Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi
Yangiliklar

“Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi

1 daqiqa oʻqish 380 marta koʻrilgan

✅Yaqinlashib kelayotgan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari oila aʼzolari bilan “Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Ular muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishib, yurtimiz tarixi va qahramonlari haqida boy maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

💬Bunday tashriflar inson qalbida vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlab, maʼnaviy olamni boyitishga xizmat qiladi. Muzeydagi har bir eksponat oʻtmishni yodga solib, kelajak uchun masʼuliyat hissini oshiradi.

#Xotira_muqaddas_qadr_abadiy

Manba: Telegram kanali