🔴Hozirgi kunda biochar texnologiyasi dunyoning koʻplab davlatlarida ekologik toza va barqaror qishloq xoʻjaligida muhim innovatsion yechim sifatida qoʻllanilmoqda.
🔴Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, professor Shuhrat Bobomurodov va institut mutasaddi rahbarlari Germaniyaning “ALCON Development GmbH” Biznesni rivojlantirish menejeri Shamil Shirinov, Pius N.Lukong Shvetsiyaning “Yashil Uglerod Texnologiyalari” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
🔊Uchrashuvda tuproq unumdorligini oshirish, ekologik toza va serhosil mahsulot yetishtirishda tabiiy “Biochar”ning ahamiyati muhokama qilindi. Mutaxassislar biocharning qishloq xoʻjaligidagi samaradorligi, tuproq sifatini yaxshilashdagi oʻrni hamda iqtisodiy jihatdan yuqori samara berishi xususida oʻz qarashlarini bildirdi. Shuningdek, Oʻzbekistonda biochar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
🔴Uchrashuv yakunida mehmonlar institutning “Analitik sinov laboratoriyasi” faoliyati bilan tanishib, kelgusida tuproqlarni sogʻlomlashtirish va innovatsion yechimlarni joriy etish boʻyicha hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar.
Manba: Telegram kanali








