⚡️Qishloq xoʻjaligi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini asrash hamda polietilen plyonka qoldiqlarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida oʻquv-amaliy tadbirlar qizgʻin davom etmoqda.
➡️Qishloq xoʻjaligi vazirligi topshirigʻiga asosan Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq, Pskent, Boʻka va Oqqoʻrgʻon tumanlarida fermer xoʻjaliklari hamda klaster rahbarlari ishtirokida ekin maydonlarini polietilen plyonka qoldiqlaridan tozalashning ahamiyati, ularni dalalarda qoldirishning salbiy oqibatlari va tuproq unumdorligiga taʼsiri yuzasidan oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazildi.
➡️Xuddi shunday tadbir Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanidagi klaster hududida ham Respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etilmoqda. Seminar doirasida polietilen plyonka qoldiqlarini oʻz vaqtida yigʻib olish, ekin maydonlarini tozalash va chiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
➡️Tadbirlar davomida ishtirokchilarga plyonka qoldiqlarining tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, unumdorligi va ekologik holatiga salbiy taʼsiri tushuntirilib, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
✅Mazkur tadbirlardan koʻzlangan maqsad — qishloq xoʻjaligi yerlarini asrash, tuproq unumdorligini saqlash va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan masʼuliyatni yanada oshirish.
Manba: Telegram kanali




