Ilmiy faoliyatni rivojlanish va amaliy ishlar tahlil qilindi
Yangiliklar

Ilmiy faoliyatni rivojlanish va amaliy ishlar tahlil qilindi

1 daqiqa oʻqish 352 marta koʻrilgan

➡️ Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi.

🔴Yigʻilishda institutning ilmiy faoliyati va joriy ishlari muhokama qilinib, quyidagi asosiy masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:

➡️ Ilmiy loyihalar ijrosini jadallashtirish va monitoringini samarali tashkil etish;
➡️ H-indeks va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish;
➡️ Scopus bazasidagi maqolalar sonini koʻpaytirish strategiyasini ishlab chiqish;
➡️ Institut ilmiy jurnali uchun veb-sayt yaratish;
➡️ Tuproq tahlil laboratoriyasi xodimlarining malakasini baholash va oshirish;
➡️ Xitoyda boʻlib oʻtadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo milliy tadqiqot institutlari rahbarlari muloqoti”da ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish;
➡️ Germaniya, Shvesiya va Slovakiya kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash.

✅Shuningdek, tuproq agrokimyoviy kartalari, shoʻrlanish va bonitirovka ishlari, tajriba uchastkalari faoliyati hamda fermerlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar boʻyicha axborotlar tinglandi.

❗️Yigʻilish yakunida xodimlar uchun zamonaviy kutubxona, oʻquv zali, tuproq muzeyi va oshxona sharoitlarini tashkil etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Manba: Telegram kanali