🟦🟦
⌛Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.
➡️Yigʻilishni Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov olib bordi.
✅Yigʻilish SOBITOV OʻLMASBOY TOJAXMEDOVICHning “Sugʻoriladigan gipsli tuproqlarning xossa-xususiyatlari va ulardan samarali foydalanishning ilmiy asoslari” mavzusidagi 03.00.13– “Tuproqshunoslik” ixtisosligi biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.
📝Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
⌛Shundan soʻng kengash aʼzolari va yigʻilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
📌Muhokamalarda kengash aʼzolari tomonidan talabgor OʻLMASBOY SOBITOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga toʻliq javob berishi maʼqulandi.
Manba: Telegram kanali







