Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar tanlovida ishtirok eting!
Tanlovga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalariga asoslangan loyiha talabnomalari qabul qilinadi.
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-54-son Farmoniga asosan eʼlon qilinmoqda.
✅ Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot tizimi (tijorat.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 21-iyul kuni soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi