ILMIY USLUBIY KENGASH YIGʻILISHI OʻTKAZILDI
Yangiliklar

ILMIY USLUBIY KENGASH YIGʻILISHI OʻTKAZILDI

1 daqiqa oʻqish 585 marta koʻrilgan

📍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

☄️Yigʻilishda institutning uslubiy kengash aʼzolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

➡️Mazkur yigʻilishni institut uslubiy kengash raisi, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor Ruzmetov Maksud Ismoilovich olib bordi.

🔴Mazkur yigʻilish kun tartibiga koʻra:

✅Gulimov Quvondiq Xamzayevichning "SUGʻORILADIGAN VA LALMI TUPROQLARNING XUSUSIYATLARINI ANIQLASHDA SPEKTROSKOPIYA USULLARIDAN FOYDALANISH ASOSLARI" (PARKENT VA MIRZAOBOD TUMANLARI MISOLIDA) mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari doktori (PHD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bagʻishlandi.

🌟Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.

⌛Shundan soʻng uslubiy kengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

✅Muhokamalarda talabgorning keyingi bosqichga oʻtishi uchun Uslubiy kengash aʼzolari tomonidan taklif, tavsiyalar berildi.

Manba: Telegram kanali