Jizzaxda tuproq monitoring tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda
Yangiliklar

Jizzaxda tuproq monitoring tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda

1 daqiqa oʻqish 241 marta koʻrilgan

📊 Viloyatida 15 ta kalit maydonlardan 8 tasida, yaʼni lalmi va yaylov yer maydonlaridan tanlangan 8 ta “Statsionar ekologik maydonlar”(SEM) va 16 ta “Yarim statsionar ekologik maydonlar” (YaSEM) da (jaʼmi 24 ta SEM va YaSEM) dala tuproq monitoring tadqiqotlari amalga oshirildi.

🔴 Dala ishlari davrida 40 ta asosiy kesmalar kovlanib (1,5 m), 200 ta tuproq namunasi olindi va kartogrammalar tuzish uchun konvert usulida har bir ekologik maydonchaning 5 ta joyida 0-30 smli qatlamdan tuproq namunalari olinib, aralashtirildi hamda 1 ta namuna sifatida olindi.
🔴Hozirgacha viloyatning quyidagi hududlarida:

⏺Zomin tumani – Yangi chorvador massivi
⏺Baxmal tumani – Qoʻshchinor massivi
⏺Sharof Rashidov tumani – Yangihayot massivi
⏺Gʻallaorol tumani – Gʻallaorol massivi
⏺Forish tumani – Forish, Qizilqum va Bogʻdon massivlarida tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

✅Telegram: TATI Soil

#dala_tadqiqotlari

Manba: Telegram kanali